IT Park Uzbekistan va StartupBase “Uzbekistan Angels Program” dasturini ishga tushirdi.

Dastur tadbirkorlarga mamlakatda ilk biznes farishtalaridan (angel investors) biri bo‘lish imkoniyatini beradi.

Uning doirasida 15−16 sentabr kunlari onlayn “workshop” bo‘lib o‘tadi. Unda biznes farishta bo‘lish jarayoni, investitsiya mezonlari va xalqaro tajribalar haqida ma’lumot beriladi.

Workshop davomida ishtirokchilar biznes farishta bo‘lish jarayoni va uning huquqiy asoslari bilan tanishib, investitsiya mezonlarini o‘rganadilar, xalqaro tajribadan amaliy misollar eshitadilar hamda O‘zbekiston hududlarida startaplarga sarmoya kiritish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

Ma’ruzachilar qatorida IT Park maslahatchisi Usmon Rahimjanov va Doha Tech Angels vakili Tohirjon Mirzajonov ishtirok etadi.

Biznes farishta — bu o‘z mablag‘ini istiqbolli startaplarga kiritib, ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan investor. U faqat moliyaviy ko‘mak beribgina qolmay, balki o‘z tajribasi, bilimlari va biznes aloqalari bilan ham yordam beradi.

Dasturdan so‘ng hududlarda offline uchrashuvlar ham rejalashtirilgan. Ishtirok etish bepul, faqat havola orqali qisqa so‘rovnomani to‘ldirish yetarli hisoblanadi.


Avvalroq Spot Clash of Startups loyihalar tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi $50 mingni tashkil etadi. Arizalarni 17-sentabrgacha yuborish mumkin.