Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha Afrosiyob qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Temiryo‘lekspress matbuot xizmati xabar berdi.
Qatnovlar 11, 12, 14, 18, 19, 20, 21, 25, 27, 28-sentabr kunlari amalga oshiriladi.
Bunda sayyohlarning harakati uchun sharoitlarni yaxshilash va mavjud poyezd qatnovlaridagi yuklamani kamaytirish maqsad qilingan.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 775-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 10:55 — Toshkent 13:10;
- 776-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:56 — Samarqand 16:09.
Shuningdek, Afrosiyob elektropoyezdlari harakati jadvaliga 9-sentabrdan boshlab o‘zgartirishlar kiritiladi. Jumladan:
- 778-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 06:08 — Buxoro 10:14;
- 777-sonli Buxoro-Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 18:00 — Toshkent 22:08;
- 764-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 06:33 — Qarshi 10:07;
- 763-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishi: Qarshi 17:29 — Toshkent 21:04;
- 774-sonli Toshkent-Shahrisabz yo‘nalishi: Toshkent 06:33 — Shahrisabz 11:12;
- 773-sonli Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishi: Shahrisabz 16:24 — Toshkent 21:04;
- 766-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 08:00- Samarqand 10:25;
- 765-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 17:40 — Toshkent 20:07;
- 768-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 07:30- Buxoro 11:42;
- 767-sonli Buxoro-Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 16:16 — Toshkent 20:30;
- 770-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 08:30 — Buxoro 12:42;
- 769-sonli Buxoro-Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 15:03- Toshkent 19:17;
- 772-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 19:41 — Buxoro 23:58;
- 771-sonli Buxoro-Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 03:15 — Toshkent 07:29.
Avvalroq Afrosiyob poyezdlarida WiFi‘dan foydalanish mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Dastlabki 30 daqiqa davomida internetdan bepul foydalanish mumkin.