Toshkent-Chinorkent-Toshkent ekspress elekropoyezdlar uchun chipta narxi oshiriladi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi matbuot xizmati xabar berdi.

Chipta narxlari kattalar uchun 30 ming so‘m, yosh bolalar uchun 16,5 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Yangilangan narxlar 25-sentabrdan amal qiladi.

Yanvar oyida Chinorkentda yangi temir yo‘l bekati ochilgan edi. Bunda Xo‘jakentdan unga shahar atrofi qatnovini yo‘lga qo‘yish maqsadida 1,5 kilometr uzunlikdagi yangi bir izli temir yo‘l tarmog‘i qurib bitkazildi.

28-mart kunidan boshlab Guliston-Toshkent-Chinorkent-Toshkent-Guliston yo‘nalishi bo‘yicha shaharlararo tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.

Avvalroq Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd harakati yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.