Uzum Hamroh ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning turli hududlaridan, jumladan, Hamroh hamrohligidagi tadbirkor ayollarning mahsulotlari to‘plangan “Ayollarga g‘amxo‘rlik bilan” to‘plamini taqdim etdi. Bo‘limni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovaning bosh sahifasi va Uzum Market saytidan topish mumkin.

To‘plamda kiyim-kechak, aksessuarlar va to‘qimachilikdan tortib oziq-ovqat, hayvonot va uy-ro‘zg‘or buyumlarigacha bo‘lgan turli toifadagi mahsulotlar mavjud. Foydalanuvchilar yangi mahalliy brendlarni kashf etishi va ularning yaratuvchilari tarixi bilan tanishishi uchun assortiment muntazam ravishda yangilanadi.

“Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash mamlakat kelajagiga investitsiya ekaniga ishonamiz. Uzum Market O‘zbekistondagi eng yirik e-commerce platformasi sifatida ayollarning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradigan vositalarni yaratadi, Hamroh bilan hamkorlik esa bu qo‘llab-quvvatlashni yanada tizimli qiladi”, — dedi Uzum kompaniyasining kommunikatsiyalar va ESG bo‘yicha direktori Mariya Skorik.

“Bizning vazifamiz — ayollarga nafaqat o‘z biznesini boshlashda yordam berish, balki biznesni rivojlantirishning har bir bosqichida qo‘llab-quvvatlov topish. Uzum bilan hamkorlik tufayli ayollar uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda: keng auditoriyaga chiqish, ekspertlardan ta’lim olish va loyihalarni kengaytirish uchun grant yordamini olish”, — dedi Hamroh bosh direktori Dilfuza Nurmatova.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tashabbusi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga muvofiq ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan Hamroh va Uzum strategik hamkorligi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyiha nafaqat to‘plamni ishga tushirish, balki tadbirkor ayollar uchun grantlar, shuningdek, ta’lim dasturini o‘z ichiga oladi: 2025-yilda elektron tijorat bo‘yicha 12 ta, 2026-yilda esa butun mamlakat bo‘ylab yana 24 ta master-klasslar o‘tkaziladi. Spikerlar orasida Hamroh mentorlaridan tashqari, Uzum Market ekspertlari ham qatnashadi.

Reklama huquqlari asosida.