Apple kompaniyasi yangi iPhone seriyasini taqdim etganidan so‘ng, darhol o‘z mahsulotlar qatorini rejali ravishda qayta ko‘rib chiqdi.

iXBT portali xabar berishicha, rasmiy sayt va chakana savdo tarmoqlaridan bir yo‘la to‘rtta model olib tashlandi.

Shunday qilib, Apple iPhone 15, iPhone 15 Plus, iPhone 16 Pro va 16 Pro Max modellarining rasmiy savdosini to‘xtatdi.

Endi ularni Apple’ning rasmiy do‘konlari va saytidan xarid qilib bo‘lmaydi. Ammo mavjud zaxiralari bo‘lgan norasmiy sotuvchilar (masalan, boshqa elektronika do‘konlari yoki onlayn platformalar) ularni sotishda davom etishi mumkin.

Yangilangan iPhone modellari qatori endi $600 dan $1200 gacha bo‘lgan yettita dolzarb modelni o‘z ichiga oladi. iPhone 16e ($600 dan), iPhone 16 ($700 dan), iPhone 16 Plus ($800 dan), shuningdek, yangi iPhone 17 ($800 dan), iPhone Air ($1000 dan), iPhone 17 Pro ($1100 dan) va iPhone 17 Pro Max ($1200 dan) dolzarb hisoblanadi.

apple, iphone, yangi modellar

9-sentabr kuni taqdim etilgan iPhone 17 seriyasidagi yangi smartfonlar sotuvi 19-sentabrdan boshlanadi. AQSh va boshqa mamlakatlarda oldindan buyurtmalar 12-sentabrddan qabul qilinadi.


Avvalroq Spot Apple uyali aloqani qo‘llab-quvvatlaydigan MacBook ishlab chiqayotgani haqida yozgandi.

Kompaniya hali chiqarilmagan MacBook Pro modelini M5 Pro chipi va birinchi 5G modem bilan sinovdan o‘tkazmoqda.