Apple iPhone 17 smartfonlarini o‘z ichiga olgan yillik an’anaviy taqdimotini o‘tkazdi.
iPhone 17
Yangi iPhone 17 6,3 dyuymli ProMotion displeyga ega bo‘lib, moslashuvchan yangilanish chastotasi 120 Gs gacha.
Always-On ekran real vaqtdagi harakatlar va vidjetlarni ekran qulfida saqlagan holda chastotani 1 Gs gacha pasaytiradi. Ko‘chadagi iPhone 17 displeyining yorqinligi 3000 nitga yetadi — bu Apple smartfonlari uchun rekord ko‘rsatkichdir.
iPhone 17'ga yangi Ceramic Shield 2 himoya oynasi o‘rnatilgan bo‘lib, u tirnalishdan uch baravar yaxshiroq himoya qiladi. Apple uni atom darajasida keramika qatlami bilan bog‘langan maxsus qoplama bilan to‘ldirdi. Shu tufayli oyna mustahkamroq bo‘ldi va kundalik shikastlanishlarga yaxshiroq bardosh beradi.
Smartfon, shuningdek, yetti qatlamli yaltirashga qarshi qoplamaga ega bo‘ldi, bu aks etishni kamaytiradi va yorqin yorug‘likda ham ekranni o‘qish uchun qulayroq qiladi.
iPhone 17 narxi $799 dan boshlanadi.



iPhone Air
Taqdimotning asosiy yangiligi iPhone 17 Air — tarixdagi eng yupqa iPhone bo‘ldi.
iPhone Air ProMotion texnologiyasi, Always-On funksiyasi va maksimal yorqinligi 3000 nitgacha bo‘lgan 6,5 dyuymli displeyga ega.
Oyna oldingi Ceramic Shield bilan solishtirganda tirnalishga uch baravar chidamliroq bo‘ldi va endi nafaqat old tomonda, balki orqa tomonda ham qo‘llaniladi.
Smartfon unumdorligi uchun Apple tarixidagi eng kuchli chip — A19 Pro javobgar. Kompaniyaning so‘zlariga ko‘ra, bu “barcha smartfonlar orasidagi eng tezkor protsessor.”
A19 Pro oddiy A19 dan tezroq va tejamkorroq ishlaydi, ikkinchi avlod grafik protsessori esa yaxshilangan keshlash, ikki baravar yuqori hisoblash tezligi va yangilangan tasvirni siqish tizimiga ega.
iPhone Air’da birinchi marta Apple tomonidan yaratilgan yangi simsiz N1 chipi paydo bo‘ldi. Ilgari bunday yechimlar Apple Watch va AirPods’da qo‘llanilgan. Chip Wi-Fi 7, Bluetooth va Thread protokolini qo‘llab-quvvatlaydi.
iPhone Air 48 megapikselli qo‘sh kamera tizimi bilan jihozlangan. Old kamera Center Stage funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi — bu oddiy iPhone 17 da ham mavjud bo‘lib, u telefonni albom yo‘nalishiga burmasdan avtomatik ravishda barcha odamlarni kadrga joylashtiradi.
Rekord darajadagi yupqa korpusga qaramay, iPhone Air kun bo‘yi va 40 soatgacha video ijro etishni ta’minlaydi. Smartfon faqat eSIMni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa batareya uchun joy bo‘shatish imkonini berdi.
iPhone Air narxi $999 dan boshlanadi.


iPhone 17 Pro va Pro Max
Apple flagman iPhone 17 Pro‘ni taqdim etdi. Smartfon yana alyuminiy korpusga ega bo‘lib, A19 Pro chipida ishlaydi va orqa qismida butun kenglik bo‘ylab joylashgan kamera blokiga ega.
iPhone 17 Pro va Pro Max’ning alyuminiy korpusi issiqlik o‘tkazuvchanligi titandan 20 barobar yuqori. Shu tufayli smartfonlar maksimal yuklamada ham qulay haroratni saqlab qoladi.
Korpus ichida lazer payvandlash bilan germetik kavsharlangan suyuqlikli bug‘ kamerasi mavjud bo‘lib, issiqlik yaxlit alyuminiy korpus orqali samarali tarqaladi.
iPhone 17 Pro Max barcha iPhone’lar orasida eng uzoq avtonom ishlash qobiliyatiga ega bo‘ldi. eSIM versiyalarida kuchaytirilgan batareya o‘rnatilgan bo‘lib, u 39 soatgacha video tomosha qilishni ta’minlaydi.
iPhone 17 Pro‘ning old kamerasi Center Stage funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan 18 megapikselli modulga ega bo‘ldi va orqa panelga birinchi marta bir vaqtning o‘zida 48 megapikselli uchta kamera o‘rnatildi. Ularning barchasi Fusion texnologiyasi asosida ishlaydi.
Smartfonlarda teleobyektiv uchun 1x, 2x, 4x va 8x kattalashtirish rejimlari mavjud va suratga olishda raqamli kattalashtirish 40x gacha yetadi.
Vision HDR, 4K/120 fps tasvirga olish, ProRes Log rejimi, ACES rangni tuzatish tizimi, shuningdek, ProRes RAW yozuvlarini o‘z ichiga olgan yangi professional vositalarni qo‘llab-quvvatlashi e’lon qilindi.
Apple’ning aytishicha, iPhone 17 Pro aslida bitta qurilmada sakkizta professional obyektivning imkoniyatlarini birlashtiradi.
iPhone 17 Pro narxi $1099 dan, iPhone 17 Pro Max esa $1199 dan boshlanadi.














