YouTube’ning ko‘p tilli ovoz berish funksiyasi muallif videoga boshqa tillardagi tarjima yo‘laklarini qo‘shish imkonini beradi. Bu haqda vc.ru nashri xabar berdi.

Ularni bir vaqtning o‘zida yuklash shart emas — platforma har bir til versiyasini yangi video sifatida qabul qiladi va uni lentada pastga tushirmaydi, deb ma’lum qildi YouTube tahririyat kontenti bosh muharriri Rene Richi.

Tarjima qilingan audio yo‘l platforma qo‘llab-quvvatlaydigan formatda bo‘lishi va video davomiyligi bilan mos kelishi kerak. Ovozni tashqi xizmatlar yordamida yaratish mumkin.

Bloger MrBeastning fikricha, bu yangilik turli tillar uchun alohida kanallar yaratish zaruratini bartaraf etadi va kontent boshqaruvini ancha osonlashtiradi.

YouTube birinchi marta 2023-yilda ko‘p tilli ovoz haqida xabar bergan edi. Uni birinchi bo‘lib MrBeast, oshpaz Jeymi Oliver, Got Talent va The X Factor shoulari bilan Fremantle prodakshn studiyasi, shuningdek, hujjatli filmlar bilan W4tch TV kanali ishlatgan. 2024-yilda platforma sinov dasturi ishtirokchilari sonini kengaytirdi.

YouTube ma’lumotlariga ko‘ra, yangi funksiyani sinab ko‘rgan mualliflarning ekran vaqtining to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i original bo‘lmagan ovozli videolarni tomosha qilishga sarflangan.

Oliver kanalida esa, chet tilida ovoz berilgan roliklar asl ovozli roliklarga qaraganda uch barobar ko‘proq ko‘rilgan.

Aprel oyida videoxosting vitse-prezidenti Amjad Hanif kelgusi besh yil ichida YouTubedagi barcha videolar barcha tillarda sun’iy dublyajga ega bo‘lishi haqida xabar bergandi.

Hozirda YouTube avtomatik dublyaj funksiyasini sakkizta tilda sinovdan o‘tkazmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday roliklarni ko‘rishning 40%dan ortig‘i tarjimadan foydalanuvchi tomoshabinlar hissasiga to‘g‘ri keladi.