O‘zbekistonda ham, boshqa ko‘plab mamlakatlarda bo‘lgani kabi, sifatli va tezkor tibbiy yordamdan yetarli darajada foydalanishmuammosi saqlanibqolmoqda. Navbatlar, tor soha mutaxassislarining yetishmasligi, shifokorga yozilishdagi qiyinchiliklar, ayniqsa keksalar va olis hudud aholisi orasida shifokorlardan qo‘rqish — bularning barchasi odamlarni o‘z-o‘zini davolashga olib kelmoqda.

Aynan mana shu muammoni hal qilish uchun Sino AI — o‘zbek healthtech-startap ishga tushirilgan. U sun’iy intellekt asosida raqamli platforma bo‘lib, har qanday simptom bilan murojaat qilgan odam uchun birinchi yordamchi bo‘ladi.

Birinchi qadam allaqachon qo‘yildi: Telegram’da bot ishga tushirildi. U foydalanuvchilarga sun’iy intellektdan dastlabki maslahat olish imkonini beradi — tez, qulay va bepul.

Telegram-bot Sino AI nimalarga qodir?

Bugungi kunda botda uchta asosiy funksiyalar mavjud:

  • simptomlarni AI-diagnostika qilish;
  • tahlillarni interpretatsiya qilish;
  • shifokorlar katalogi va qabulga yozilish.

Foydalanuvchilar ovozli xabarlarni ham yuborishlari mumkin. Sino AI sun’iy intellekti o‘zbek va rus tillarini tushunadi hamda nutqni avtomatik tarzda matnga aylantirib tahlil qiladi.

Nega bu muhim?

Ko‘pchilik hali ham “taxminiy” davolanish bilan shug‘ullanayotgan bir paytda Sino AI tezkor, tushunarli va asoslangan birinchi qadamni taklif etadi.

Startap allaqachon biznes-farishtadan 250 mln so‘m investitsiya jalb qildi. Mablag‘lar AI va mobil ilovani rivojlantirishga yo‘naltirildi.

“Biz tibbiyot qiyin va qimmat degan tushunchaga barham bermoqchimiz. Har bir inson, qayerda yashashidan va qancha daromad topishidan qat’i nazar, sifatli maslahat olish huquqiga ega”, — deydi Sino AI asoschisi.

Keyingi qadamda quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

  • mobil ilovani ishga tushirish;
  • klinikalar bilan integratsiya;
  • onlayn-sug‘urta rasmiylashtirish;
  • uyga hamshira chaqirish;
  • xalqaro shifokorlar bilan konsultatsiyalar;
  • 3 yil ichida MDH, arab davlatlari, Shimoliy va Janubiy Amerika bozorlariga chiqish.

Sino AI O‘zbekistonning barcha hududlarida xususiy klinikalar va sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlikka ochiq. ibbiyot muassasasini boshqarayotgan yoki sug‘urta xizmatlari bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar yangi avlod raqamli tibbiyotini yaratishda ishtirok etishlarimumkin. Platforma moslashuvchan integratsiya modellari, texnik yordam va innovatsion raqamli kanallar orqali yangi bemorlarni jalb qilish imkoniyatini taqdim etadi.

“Google va qo‘shnilar maslahati bilan davolanishga chek qo‘ying. Dalillarga asoslangan tibbiyot va sun’iy intellekt — bu qo‘rquv va navbatlarsiz sog‘liq”.

Sayt: sinoai.io
Instagram: @sinoai_uz
Telegram: t.me/SinoAIAgentBot

Reklama huquqlari asosida.