Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, fuqaro Sh.Q. ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tumanning “Uzun” MFY masʼuli Sh.A. ushbu mahallada joylashgan fuqaro T.B.ga tegishli bo‘lgan 15 sotix turar-joy va unga tutash bo‘lgan hokimlik zaxirasidagi 1,35 gektar bo‘sh yerni $150 ming evaziga sotishni vaʼda qilgan.
Shuningdek, kelgusida kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilishi vaʼda qilingan. Mahalla masʼuli kelishilgan pullar hisobidan $50 ming olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq to‘rtta hududda yerlarni jami $500 mingdan ortiqqa sotmoqchi bo‘lganlar ushlangani haqida xabar berilgandi.