Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat komissiyasi bayoni bilan 2025/2026-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov miqdorining kamida 25%ini to‘lash muddati joriy yilning 30-oktabrigacha uzaytirildi.
Shuningdek, OTMlarga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun kontrakt miqdorlari belgilandi.
Bu 2025/2026-o‘quv yili uchun belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va shakli bo‘yicha bazaviy kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobarni tashkil etadi.
Joriy o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Davlat OTMlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari uchun bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati belgilandi.
Avvaloq Spot super-kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilashi haqida yozgandi. Barcha OTMlar 25-sentabrgacha bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va shakllari kesimida super-kontraktning minimal miqdorlarini tasdiqlashlari kerak.