Hamkorlik O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish va bulutli xizmatlarini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratishda muhim qadam bo‘ladi. Uzum O‘zbekistonda o‘zining IT infratuzilmasini faol rivojlantirmoqda, hamkorlik tufayli esa xizmatlarni yanada kengaytirish uchun qo‘shimcha quvvatlarga ega bo‘ladi.

reklama, uzum

“Mahalliy raqamli infratuzilmani rivojlantirish — O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirishni jadallashtirish va mamlakatimizning mintaqaviy IT-hab sifatidagi mavqeini mustahkamlashning kaliti. Bizni DataVolt bilan nafaqat mamlakat salohiyatiga bo‘lgan ishonch, balki ushbu salohiyat uchun zarur bo‘lgan poydevorga sarmoya kiritishga tayyorlik birlashtiradi: odamlar, „temir“, xizmatlar”, — dedi Uzum ekotizimi asoschisi va bosh direktori Jasur Jumayev.

reklama, uzum

“Uzum bilan hamkorligimiz DataVolt kompaniyasining O‘zbekistonni raqamli transformatsiya qilishga ko‘maklashish yo‘lidagi muhim bosqichdir. Uzum’ning raqamli xizmatlar bozoridagi yetakchiligini DataVolt’ning barqaror raqamli infratuzilmani yaratish bo‘yicha tajribasi bilan birlashtirib, biz mamlakatda global darajadagi bulutli va sun’iy intellekt yechimlari uchun poydevor yaratmoqdamiz. Biz O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining o‘sishini tezlashtirish uchun Uzum bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz”, — dedi DataVolt kompaniyasining katta vitse-prezidenti Anil Vijayachandran.

reklama, uzum

Kompaniyalar, shuningdek, mahalliy raqamli infratuzilmaning ahamiyatini ta’kidlaydigan va bulutli texnologiyalar biznes hamda davlat tashkilotlari samaradorligini qanday oshirishini yaqqol ko‘rsatadigan qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

reklama, uzum

DataVolt — bu innovatsiyalar, barqarorlik va kengayishga katta e’tibor qaratgan holda yuqori darajadagi qayta tiklanadigan energiya infratuzilmasi yechimlari va yashil yoqilg‘ilarni birlashtirgan ma’lumotlar markazlarining ishlab chiqaruvchisi, egasi va operatori. Bosh qarorgohi Saudiya Arabistonida joylashgan bo‘lib, hozirda AQSH, O‘zbekiston, Hindiston va BAAda vakolatxonalari mavjud. DataVolt Yaqin Sharq, Afrika va Osiyo bo‘ylab kuchli global ambitsiyalarga ega.

Uzum — jismoniy shaxslar va kichik va o‘rta biznes uchun fintech, e-commerce va bank xizmatlarini birlashtirgan O‘zbekiston raqamli ekotizimi:

  • marketpleys;
  • tezkor yetkazib berish xizmati;
  • klassik va raqamli banklar;
  • BNPL xizmati;
  • avtomobil sotib olish platformasi;
  • tadbirkorlar uchun ilova.

Uzum xizmatlaridan har oyda O‘zbekistonning 17 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.

Reklama huquqlari asosida.