Asterium ishtiroki tartibga solinadigan texnologik ekotizimni shakllantirish tajribasi bilan o‘rtoqlashish, innovatsiyalar jamiyat hamda barqaror rivojlanishga qanday xizmat qilishi mumkinligi haqida fikr almashish imkonini berdi. Kompaniya tokenlashtirilgan vositalar infratuzilmasini rivojlantirish yondashuvlarini taqdim etib, shaffoflik hamda ishonch tamoyillari strategiyalarining asosi ekanini ta’kidladi.

“Biz uchun Islom forumida ishtirok etish — bu texnologiyalarni barqaror rivojlanish va jamoatchilik ishonchi tamoyillari bilan uyg‘unlashishini ko‘rsatish imkoniyati. Biz faqatgina o‘z ishlanmalarimizni taqdim etishni emas, balki hamkorlarning fikrini eshitib, mintaqa uchun amaliy rivojlanish modellarini topishni ham maqsad qilamiz”, — dedi Asterium CEOsi Komilxo‘ja Sultonov.

asterium, reklama

Forum xulosalari

Forum doirasida Asterium vakillari fintexning kelajagi haqidagi muhokamalarda qatnashib, biznes hamjamiyatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqot yakunlariga ko‘ra, texnologik yechimlarni joriy etish borasida yangi hamkorlik tashabbuslari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Kompaniya haqida ma’lumot

Asterium — foydalanuvchilar va biznes uchun real afzalliklarni taqdim etadigan ekotizim:

  1. Halol kurs, noaniqliklarsiz. Norasmiy ayirboshlash shoxobchalari o‘rniga barqaror sharoitlar taklif etiladi. $1000 dan ortiq USDT xaridi uchun komissiya 1% o‘rniga 0,7% qilib belgilangan, bu esa har bir tranzaksiyada tejash imkonini beradi.
  2. Mablag‘lar himoyasi. HUMO Token davlat obligatsiyalari bilan ta’minlangan — bu va’da emas, balki real aktiv. Qo‘shimcha ravishda litsenziyalangan hamyon va depozitariy qo‘llaniladi, bu esa mablag‘larni regulyator darajasida himoya qiladi.
  3. Jonli yordam. Qo‘llab-quvvatlash xizmati tranzaksiyalar yoki yirik operatsiyalar bo‘yicha savollarda tezkor yordam beradi mijozlarni tizim bilan yolg‘iz qoldirmaydi.
  4. Barqaror infratuzilma. Platforma o‘zining taqsimlangan ma’lumotlar reestri — Mirasmandaga asoslangan bo‘lib, unda davlat va korporativ loyihalar allaqachon faoliyat yuritmoqda. Bu esa vaqtinchalik xizmat emas, balki uzoq muddatli texnologik ekotizimning bir qismi ekanini kafolatlaydi.

E-mail: info@asterium.uz
Sayt: asterium.uz
Instagram: @asteriumwallet
Telegram: t.me/asterium
Telegram: t.me/asterium_help

Reklama huquqlari asosida.