Tadbirda 140 nafar ishtirokchi — vazirlik va idoralar, Savdo-sanoat palatasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, shuningdek, xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

basalt uzbekistan, reklama

Ishtirokchilar bir stol atrofida yig‘ilib, sohani rivojlantirishga nima to‘sqinlik qilayotganini muhokama qilishdi va unga yechim topishdi. Ko‘plab ma’ruzachilar ta’kidlaganidek “Biz mustahkam, issiq va ekologik toza bino qurishni istaymiz va buning uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak”.

basalt uzbekistan, reklama

Ayniqsa, bazalt sanoatini rivojlantirish tashabbusi Davlat Rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlangani ilhomlantiruvchi omil bo‘ldi. 2025-yil 18-aprelda bazalt mahsulotlari ishlab chiqarishni jadallashtirish va xalqaro tajribani joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Bu hujjat byurokratik to‘siqlarni olib tashlash, sohani modernizatsiya qilish va eksport bozorlariga olib chiqish bo‘yicha strategik dasturi-amal bo‘ldi.

“Bugungi kunda, soha oldida qator vazifalar turibdi. Bazalt kompozitlarining aniq afzalliklari — chidamliligi, ekologik tozaligi, energiya tejamkorligiga qaramay, ularni joriy etishda ma’muriy to‘siqlar va idoralar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar mavjud. Shu sababli innovatsiyalar yo‘l, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishiga imkon qadar tez yetib bormayapti”, — dedi “Basalt Uzbekistan” sanoat klasteri bosh direktori Azim Abdusattarov.

basalt uzbekistan, reklama

Konferensiyaning muhim natijasi yuzlab yozishmalar va onlayn yig‘ilishlardan ko‘ra yuzma-yuz muloqot yaxshiroq ishlashni tasdiqlashdir. Jizzaxda hukumat topshiriqlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib olindi.

basalt uzbekistan, reklama

Ishtirokchilar orasida:

  • Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi;
  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
  • “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi;
  • Suv xo‘jaligi vazirligi;
  • Innovatsion rivojlanish agentligi;
  • “SQB Testing and R&D Center” MCHJ;
  • Toshkent davlat transport universiteti;
  • Avtomobil yo‘llari ITI;
  • O‘zbekiston standartlar instituti.
  • “Gidroproyekt” AJ;
  • “O‘zsuvta'minot” AJ vakillari bor edi.

O‘zbekiston — bazalt texnologiyalarini rivojlantirishning kelajakdagi markazi

Konferensiya shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston bazalt kompozitlarini ishlab chiqarish va rivojlantirish bo‘yicha jahon markaziga aylanish uchun qulay imkoniyatlarga ega. Hamma narsa mavjud — tabiiy resurslar, davlatning qo‘llab-quvvatlashi va qulay geografik joylashuv. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bozor kutib turmaydi. Bugun o‘z o‘rnimizni egallamasak, ertaga boshqalar egallaydi.

basalt uzbekistan, reklama

Bazalt mahsulotlarini yangi usulda qo‘llash imkoniyatlari

Bazalt nafaqat qurilishlarni o‘zgartirishga qodir, balki sanoatning boshqa sohalarida ham foydalanish imkoniyatlari mavjud.

Istiqbolli yo‘nalishlar orasida:

  • mudofaa va aviatsiya sanoati — yangi avlodning mustahkam va yengil materiallari;
  • avtomobilsozlik — mashinalarning og‘irligini kamaytiradigan va ularning ishonchliligini oshiradigan kompozitlar;
  • ekotexnologiyalar — “yashil” qurilish va energiya tejamkor loyihalar;
  • nanotexnologiyalar — tibbiyot, elektronika va fan uchun innovatsion materiallar;
  • qayta tiklanadigan energetika;
  • boshqa iste’mol bozorlari mavjud.

basalt uzbekistan, reklama

Yakuniy natija

Jizzaxdagi konferensiya nafaqat ishbilarmonlik tadbiri, balki bazalt sanoati mamlakat taraqqiyotida alohida o‘rin tutadigan kelajakning boshlang‘ich nuqtasi bo‘ldi. Bugun davlat, ilm-fan va biznesning birlashuvi O‘zbekiston uchun nafaqat jahon tendensiyalari bilan hamnafas bo‘lish, balki yangi vazifalarni belgilash imkoniyatini ochib berayotganini ko‘rmoqdamiz.

basalt uzbekistan, reklama

“Basalt Uzbekistan” sanoat klasteri qoshidagi “R&D Centre” allaqachon sohaning eng yaxshi olimlari va ekspertlarini jalb qilgan holda, yangi loyihalarni ishga tushirdi. Ushbu ishlanmalar “Yangi O‘zbekiston"ning bazalt kompozitlari jahon bozorida yetakchiga aylantirishga qodir bo‘lgan texnologik sakrashning asosi bo‘ladi.

Bunda chuqur ramziy ma’no bor: tarixan O‘zbekiston doimo savdo va Sharq sivilizatsiyasi markazida bo‘lgan. Bugungi kunda “Basalt Uzbekistan” ushbu an’anani innovatsiyalar va texnologiyalar orqali davom ettirmoqda, bu mamlakatimiz yana g‘oyalar, bilimlar va rivojlanish markaziga aylanishiga ishora qilmoqda.

Reklama huquqlari asosida.