Toshkentdan Samarqandga Afrosiyob elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Temiryo‘lekspress matbuot xizmati matbout xizmati xabar berdi.

Yo‘lovchilar va sayyohlar uchun qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd qatnovi oktabrdan boshlanadi.

Qayd etilishicha, harakat 1 va 2-oktabr kunlari shuningdek, 3-oktabrdan haftasiga uch marta — juma, shanba va yakshanba kunlari qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi.

Poyezd jadvali quyidagicha:

775-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi:

  • Samarqand 10:55 — Toshkent 13:10;

776-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi:

  • Toshkent 13:56 — Samarqand 16:09.

Avvalroq Afrosiyob poyezdlarida WiFi‘dan foydalanish mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Dastlabki 30 daqiqa davomida internetdan bepul foydalanish mumkin.