Urganch va Nukus o‘rtasida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 6353/6354-sonli Urganch-Nukus-Urganch yo‘nalishida shaharlararo poyezdi harakatlanishini qayd etdi.
Qatnov 27-sentabrdan boshlanib, har kuni yo‘lga qo‘yiladi. Bir tomonlama chipta narxi 20 ming so‘mni tashkil etadi.
Harakat jadvali quyidagicha:
6354-sonli Nukus — Urganch poyezdi:
- Nukus 05:30 — Urganch 08:50;
6353-sonli Urganch — Nukus poyezdi:
- Urganch 15:30 — Nukus 18:50.
Avvalroq Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha Afrosiyob poyezdi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi. Qo‘shimcha qatnovlar 1 va 2-oktabr kunlari, shuningdek, 3-oktabrdan haftasiga uch marta amalga oshiriladi.