O‘zatom agentligi kichik va katta elektr stansiyalarini birlashtirgan O‘zbekistondagi bo‘lajak atom elektr stansiyasining maketini namoyish etdi, deb xabar berdi Spot muxbiri. Taqdimot Moskvada bo‘lib o‘tgan “Butunjahon atom haftaligi"da doirasida amalga oshirildi.

Jizzax viloyatidagi bitta maydonchada har biri 1 GVt quvvatga ega yirik VVER-1000 va har biri 55 MVt quvvatga ega kichik RITM-200N energiya bloklarini joylashtirish rejalashtirilgan. Reaktorlarni sovutish uchun quruq gradirnyalardan foydalaniladi, ularni yirik uzelli yig‘ish mamlakatda yo‘lga qo‘yiladi.

Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachyov O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida kichik va katta quvvatli atom stansiyalari ishlaydigan integratsiyalashgan atom stansiyasini quradigan dunyodagi birinchi davlat bo‘lishini ta’kidladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayevning qayd etishicha, bo‘lajak AES 2,1 GVt bazaviy generatsiya va moslashuvchan manyovrli quvvat bilan ta’minlaydi. 2035-yilga borib 525 gektar maydondagi kombinatsiyalashgan AES 15 mlrd kVt/soatdan ortiq energiya ishlab chiqaradi.

aes, atom energetikasi, energetika, o‘zatom

Integratsiyalashgan AES maketining vizual ko‘rinishi. Foto: Spot

O‘zatom rahbari Azim Axmedxo‘jayev Jizzaxdagi 2,1 GVt quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi kelajakda yangi yirik energobloklar hisobiga kengaytirilishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Bu elektr energiyasiga bo‘lgan talab hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Biz kelajakda birinchi loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kengaytirish kerak bo‘lishini istisno qilmaymiz. Agar shunday zarurat tug‘ilsa, uni kengaytirish kerak”, — dedi u.

Axmedxo‘jayevning ta’kidlashicha, Olimlar tomonidan o‘rganilgan va Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) mutaxassislari tomonidan ma’qullangan kontur 1000 gektardan ortiq bo‘lib, kichik va katta AES kombinatsiyasi faqat 525 gektar yerni egallaydi.

Jizzaxdagi integratsiyalashgan AES maketi. Foto: Shahriyor Ismoilxodjayev / Spot va Mila Aksyonova / Podrobno.uz

Joriy yilning 20-iyun kuni O‘zatom va Rosatom davlat korporatsiyasi O‘zbekistonda katta quvvatli atom elektr stansiyasini qurish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Rosatom’ning aniqlik kiritishicha, hujjat to‘rtta energiya blokigacha kengaytirish imkoniyati bilan ikkita VVER-1000 energiya bloki qurilishini amalga oshirishning asosiy shartlarini nazarda tutadi.

26-sentabr kuni tomonlar AES loyihasining ikkita katta quvvatli energoblok va ikkita kichik quvvatli atom stansiyasi blokidan iborat yangi konfiguratsiyasi bo‘yicha kelishib oldi. Unga ko‘ra, loyiha tarkibiga 3+ avlod VVER-1000 bazasidagi ikkita katta quvvatli energoblok va har birining quvvati 55 MVt bo‘lgan RITM-200N reaktorli ikkita energoblok kiradi.

Avvalroq Spot O‘zbekistondagi yirik AESning birinchi energobloki 2033-yilda, ikkinchisi 2035-yilda ishga tushirilishi haqida yozgandi.