Uzbekistan Airways keksa yoshdagilar uchun 15% gacha chegirma e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Chegirma turizm oyligi doirasida 60 yoshdan yuqori erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun barcha ekonom klassdagi tariflarga amal qiladi.
Undan joriy yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlar uchun foydalanish mumkin.
Chegirmali aviachiptalarni xarid qilishda fuqarolik pasporti yoki ID-kartani ko‘rsatish kerak.
Ularni Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy agentlari hamda kompaniya saytida xarid qilish mumkin.
Aviakompaniyada qayd etilishicha, yo‘lovchi tashish tarifiga qo‘shimcha ravishda chegirma qo‘llanilmaydigan soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar qo‘shiladi.
Avvalroq Spot Strategik islohotlar agentligi ichki turizmni rivojlantirish uchun hududlararo to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar kerakligini aytgani haqida yozgandi.