Fido Biznes O‘zbekistonda mikromoliyaviy tashkilotlar (MMT)ni yaratish va boshqarish uchun asosiy platformaga aylanishi mumkin bo‘lgan yangi sohaviy yechim — FB NKO’ni taqdim etdi. Tizimning birinchi foydalanuvchisi TBC Bank bo‘lib, u o‘zining mikromoliyaviy tashkilotini FB NKO dasturiy ta’minoti asosida ishga tushirdi.

FB NKO MMT bozori xususiyatlari va Markaziy bank talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platforma moliyaviy operatsiyalarning to‘liq davrini qamrab olgan: mikrokreditlarni avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirish va kuzatishdan tortib davlat xizmatlari bilan integratsiya va regulyator uchun hisobot tayyorlashgacha funksionalni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, dasturiy ta’minot buxgalteriya va kadrlar hisobini qamrab oladi, bu esa, o‘z navbatida, asosiy ma’muriy funksiyalarni avtomatlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, platforma tarkibiga arizalar va qarz berish jarayonlarini boshqarish uchun kredit konveyeri hamda mijozlar bilan ishlash va uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun CRM (customer relationship management) tizimi ham kiradi.

FB NKO’ning asosiy imkoniyatlari:

  • mikrokreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish — sozlanadigan skoring, shartnomalar, to‘lov jadvallari;
  • regulyator talablariga muvofiqlik — hisobot mexanizmlari va davlat organlari bilan integratsiya;
  • moslashuvchanlik — masshtablash va yangi xizmatlarni ulashga tayyorlik;
  • zamonaviy raqamli tajriba — ilovalar, to‘lov xizmatlari va ekotizimlar bilan integratsiya uchun ochiq API’lar;

Fido Biznes vakillarining ta’kidlashicha, FB NKO mahsuloti mikromoliya sektorini rivojlantirish uchun yaratilgan asosiy yechim bo‘lib, yangi va mavjud MMTlar uchun ish boshlashni tezlashtiradi va samaradorlikni oshiradi. Kompaniya mikromoliya sektorini rivojlantirishni o‘zining strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab quygan.

“Biz FB NKO’ni nobank kredit tashkilotlarini tezkor ishga tushirish va samarali boshqarish uchun yaratdik. TBC Bank bilan qo‘shma loyiha — texnologiyalar bank va fintex kompaniyalarga biznesning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishda qanday yordam berishi mumkinligining yorqin namunasi bo‘ladi”, — dedi Fido Biznes direktorining loyihalarni boshqarish bo‘yicha o‘rinbosari Oybek Xo‘jayev.

TBC Bank’ning ta’kidlashicha, FB NKO texnologik yadrosidan foydalanish yangi MMTlarni qisqa vaqt ichida bozorga chiqarish imkonini beradi, uzoq muddatli istiqbolda esa vaqt va resurslarni tejaydi.

FB NKO asosida bankning birinchi MMTSining ishga tushirilishi mikromoliyaviy xizmatlar bozoriga tezkor kirib borish uchun tayyor yechimlarning talabi yuqoriligini tasdiqlaydi. Ilgari MMT yaratish ichki yechimlarni ishlab chiqish uchun katta resurs va vaqt talab qilgan bo‘lsa, hozirda tayyor texnologik platformalar banklarga yangi soxalarga tezroq kirish imkonini bermoqda. FB NKO jarayonlarni standartlashtirish asosini shakllantiradi va sektorda raqobat o‘sishiga yordam beradi, shuningdek, aholi uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshiradi — bu O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu platforma afzalliklaridan biri shundaki, undan kichik aylanmaga ega va biznesini masshtablashni istaydigan MMTlar ham, o‘rta va yirik MMTlar ham foydalanishi mumkin, deb ta’kidladi kompaniya.

Reklama huquqlari asosida.