Ko‘rgazma doirasida kompaniya kontent va texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan birlashtirgan media-ekotizimini namoyish etdi. Frame filmlar, seriallar, multfilmlar va telekanallarning keng katalogini taqdim etish bilan birga Frame TV — aqlli televizorlarini ham ishlab chiqaradi. Ushbu televizorlarga maxsus Frame OS operatsion tizimi oʻrnatilgan bo‘lib, natijada Frame har bir uyda to‘laqonli media-xabga aylanmoqda.
ICT Week doirasida O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri bilan uchrashuv muhim ahamiyat kasb etdi. Ko‘rgazmada kompaniya loyihasi va uning mamlakatning raqamli rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ICT Week davomida Frame Sarkor Telecom bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu kelishuv kontent tarqatish imkoniyatlarini kengaytirib, mamlakatning media-infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
“ICT week haqida gapirganda, media deyarli esga olinmaydi. Lekin, aynan media madaniyatni shakllantiradi va fikrlashimizga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ICT Week ko‘rgazmasida ishtirok etish biz uchun muhim: raqamlashtirish — bu til, tarix va madaniy o‘ziga xoslik ekanligini ko‘rsatyapmiz”, — dedi Frame bosh direktori Eduard Ishkulov.
Frame’ning ICT Week’dagi ishtiroki kompaniya oddiy mahalliy loyiha emas, balki Oʻzbekistonda yangi raqamli media-makonni shakllantirayotgan ekspert ekanini yana bir bor tasdiqladi. Kompaniya san’at va texnologiyalarni uyg‘unlashtirib, yangi avlod tomoshabinlari va ijodkorlarini ilhomlantiradigan maydon yaratmoqda.
Frame ilovasi AppStore va GooglePlay’da mavjud.
Sayt: frame.uz
Instagram: @frame.mediauz
Reklama huquqlari asosida.