Avvalroq IIV 2026-yildan O‘zbekistonda 50 yillik avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni qayta ro‘yxatga olishni taqiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ygani haqida xabar berilgandi.

Loyiha bilan, “antikvar” avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va harakatlanishning alohida tartibini belgilash taklif etilmoqda. Xususan, qonunchilikka “antikvar” transport vositalari tushunchasi kiritiladi.

Unga ko‘ra, ushbu turdagi transport vositalariga ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan, asl holati (tashqi ko‘rinishi), tuzilishi va asosiy agregatlari saqlanib qolgan avtomototransport vositalari kiradi.

Ular uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi. Loyihada bu belgilar qanday ko‘rinishda bo‘lishi ilova qilingan:

  • I-6 va III-3 tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari yuridik hamda jismoniy shaxslarga;
  • IA-4 tip va IIIA-3 tip — ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari yuridik ham jismoniy shaxslarning “antikvar” turidagi yuk avtomobillari va avtobuslarga, shuningdek, mahkamlash joyi I-tipdagi va III-tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan “antikvar” yengil avtomobillariga orqa tomonga mahkamlash uchun;
  • XI-4 tip — “antikvar” mototsikllar va elektromototsillar uchun ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari.

antikvar, avtomobillar, avtoraqamlar, davlat raqami, ichki ishlar vazirligi, qaror loyihasi

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni olovli rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda tasvirlanadi. Shuningdek, hudud kodi, O‘zbekiston bayrog‘i va UZ harflari mavjud bo‘ladi.

Qayd etilishicha, 2025-yilda O‘zbekistonda mavjud 5,2 mlntadan ortiq transport vositasining 87,6 mingtasi ishlab chiqarilganiga 50 yil bo‘lgan mashinalar hisoblanadi. 2024−2025 yillarda bunday avtomobillar ishtirokida 67 ta YTH sodir etilgan va ularda 23 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Spot, avvalroq, og‘ir yuk avtomobillari uchun alohida davlat raqami joriy etilishi haqida yozgandi.