Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni O‘zbekistonda sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularni iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida davlat rahbari sun’iy intellektni samarali joriy etish va amaliyotda tatbiq etishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab bergani hamda takliflarni ma’qullaganini qayd etdi.

Xususan, sohada malakali kadrlarni tayyorlash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim muassasalari qoshida maxsus laboratoriyalarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

“Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgan sun’iy intellekt sohasidagi ayrim loyihalar uchun umumiy qiymati $100 mln miqdorida imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, qo‘llab-quvvatlashning bu usuli mayning sohasini ham qamrab oladi”, — dedi Vyacheslav Pak.

Uning ta’kidlashicha, mayning sohasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tarif belgilash ko‘zda tutilgan.

Avgust oyida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tezlashtirishga qaratilgan prezident qarori bilan hududda “yashil” energiya manbalaridan foydalangan holda mayning uchun maxsus zona tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirilgandi. Unda elektr energiyasi uchun alohida tariflarni belgilash nazarda tutilgan.

Avvalroq Spot energetika vaziri Afg‘oniston O‘zbekistonga o‘z hududida geologiya-qidiruv ishlari uchun litsenziya bergani haqida ma’lum qilganini yozgandi.