Jalb qilingan $2 mln sarmoya kompaniya ekotizimini rivojlantirishdagi navbatdagi qadam bo‘ladi. Bu mablag‘lar Frame TV televizorlari liniyasini kengaytirish hamda Frame OS operatsion tizimini takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

“Bu biz uchun shunchaki sarmoya emas — bu Frame missiyasiga bo‘lgan ishonch. Biz dublyajdan, onlayn kinoteatrdan boshladik, bugun esa kontent, texnologiya va madaniyatni birlashtiruvchi ekotizimni barpo etmoqdamiz,” — deydi kompaniya asoschisi va bosh direktori Eduard Ishkulov.

frame

Dublyajdan ekotizimga Frame dastlab dunyo kinosini o‘zbek tilida taqdim etish g‘oyasi bilan yo‘lga qo‘yilgan edi. Bugun esa u nafaqat onlayn kinoteatr, balki yoshlar, dublyaj aktyorlari va ijodkorlar orasida tanilgan, O‘zbekistondagi istiqbolli media kompaniyalardan biriga aylandi.

Qisqa vaqt ichida:

  • Frame o‘zbek dublyajining markaziga aylandi — professional studiyalar va o‘z maktabiga ega tizim shakllandi;
  • har oy 120 ta film o‘zbek tilida dublyaj qilinib, eksklyuziv tarzda platformaga joylanadi;
  • kompaniya asoschisi Eduard Ishkulov texnologiya va infratuzilmani rivojlantirish uchun $5,5 mln sarmoya kiritgan;
  • endilikda esa — $2 mln yangi xususiy sarmoya kompaniya o‘sishini tezlashtirish va Frame TV ni ishga tushirishga xizmat qiladi.

frame

Frame TV — navbatdagi qadam

Frame TV — bu yangi avlod televizorlari bo‘lib, ular o‘zining maxsus ishlab chiqilgan Frame OS operatsion tizimida ishlaydi. U foydalanuvchilarga uch tilda qulay foydalanish imkonini beradi, shuningdek Frame’ning o‘zbek tilidagi eksklyuziv dublyaji va 160 dan ortiq telekanalga kirish imkoniyatini taqdim etadi.

“Frame TV — bu media va texnologiyalar madaniy uyg‘onishning bir qismiga aylanishi mumkinligini ko‘rsatuvchi ramz. Biz oddiy qurilma emas, balki ona tilidagi kontent olamiga oynani yaratmoqdamiz,” — deydi Frame jamoasi.

Frame — madaniy harakat sifatida

Frame loyihalari yosh ijodkorlarni — dublyaj aktyorlari, rejissyorlar, tarjimonlar va tomoshabinlarni ilhomlantirdi. Bugun brend atrofida faol jamoa shakllangan, ular uchun Frame shunchaki kinoteatr emas, balki zamonaviy shakldagi milliy o‘zlik timsoli hisoblanadi.

frame

Kelajakka nazar

Yangi sarmoyalar kompaniyaga ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi kontent formatlarini ishga tushirish va Frame TV ni mamlakat bo‘ylab yanada ommalashtirish imkonini beradi.

“Biz isbotladik — dublyaj bu tor yo‘nalish emas, balki odamlarni birlashtiruvchi platforma. Endi bizning maqsadimiz — Frame’ni har bir oila hayotining bir qismiga aylantirish”, — deydi Eduard Ishkulov.

Sayt: frame.uz
Instagram: @frame.mediauz

Reklama huquqlari asosida.