Boshlanish — GameZale 2014-yilda Eduard Ishkulov O‘zbekistondagi ilk mustaqil geym-studiyalardan biri — GameZale studiyasini tashkil etdi. O‘sha paytda mamlakatda videoo‘yinlar sanoati endi shakllanayotgan edi, va investorlarsiz o‘z loyihalarini rivojlantirish g‘oyasi katta tavakkal bo‘lib tuyulardi. Eduard Ishkulov o‘zining birinchi yirik loyihasi — Edge of Destruction o‘yinini yaratish uchun shaxsiy $100 000 mablag‘ini sarfladi.
Bu loyiha Warcraft va The Lord of the Rings kabi klassik RPG’lardan ilhomlanib yaratilgan bo‘lib, to‘liq qo‘lda chizilgan grafika, Toshkentda yozilgan simfonik saundtrek va mahalliy mualliflar yozgan ssenariy bilan ajralib turardi. Edge of Destruction O‘zbekistonda yaratilgan o‘yinlar xalqaro miqyosda raqobat qila olishini ko‘rsatgan ilk urinishlardan biri bo‘ldi.
Ta’limdan mediyaga
GameZale’dan so‘ng Eduard Ishkulov Edu Market loyihasini yo‘lga qo‘ydi — bu onlayn o‘qish va talim platformasi bo‘lib, butun O‘zbekiston bo‘yicha 620 000 dan ortiq foydalanuvchini jamladi.
Edu Market mamlakatdagi ilk muvaffaqiyatli EdTech loyihalardan biri sifatida minglab o‘quvchi va talabalarga zamonaviy ta’limga ona tilida kirish imkonini berdi. Ushbu tajriba Eduard Ishkulov uchun hal qiluvchi bo‘ldi — u raqamli muhit faqat tijorat uchun emas, balki madaniyat uchun ham xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Aynan shu g‘oya keyinchalik Frame loyihasining yaratilishiga, so‘ng esa yangi avlod auditoriyasini chuqurroq tushungan holda geymdevga qaytishiga turtki berdi.
Frame va GameZale — yagona missiya yo‘lida
Bugun Eduard Ishkulov Frame loyihasini faol rivojlantirmoqda. Bu — o‘sib borayotgan media ekotizim bo‘lib, u onlayn kinoteatr, dublyaj studiyalari va o‘z televizorlarini ishlab chiqarish yo‘nalishlarini birlashtiradi. Frame qisqa vaqt ichida o‘zbek tilini zamonaviy media kontekstida qayta jonlantirayotgan platformaga aylandi — bu nafaqat filmlar va seriallarda, balki endilikda interaktiv o‘yinlarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Aynan shu ekotizimda o‘zbek tilidagi birinchi vizual novella g‘oyasi tug‘ildi. Loyiha uchun Eduard $30 000 boshlang‘ich sarmoya ajratdi.
GameZale o‘yinning ssenariysi va mexanikasiga javob beradi, Frame esa ovoz yozish va aktyorlik ishlarini olib boradi. Loyihada yosh rassomlar, ssenariynavislar va dublyaj aktyorlari ishtirok etmoqda — ularning aksariyati Frame jamoasi tarkibida ulg‘aygan mutaxassislardir.
“Novellalar — bu zamonaviy o‘qish usuli. Biz istaymizki, o‘zbek yoshlar o‘z tillarida hikoyalarni his qilib, ularni boshdan kechira olishsin,” — deydi Eduard.
Nima uchun bu muhim?
Vizual novellalar Yaponiyada va Koreyada allaqachon mashhur bo‘lgan janr bo‘lsa, endi asta-sekin Markaziy Osiyoda ham paydo bo‘lmoqda. O‘zbekiston uchun bu yangi bosqich — til, tasviriy san’at va o‘yinchi tanlovi birlashgan interaktiv hikoya shakli. Eduard bu yo‘nalishni o‘z yo‘lining mantiqiy davomi deb biladi — ta’limdan madaniyatga, texnologiyadan mazmunga.
GameZale va Frame, Edu Market orqali to‘plangan raqamli tajribani san’at va til missiyasi bilan birlashtirib, Z avlodi bilan birga o‘sadigan kontent yaratmoqda.
Loyihalar haqida ma’lumot
GameZale Studio — 2014-yilda Eduard Ishkulov tomonidan asos solingan mustaqil geym-studiya.
Loyiha portfeli: Edge of Destruction, Just Use It, Steam Rush: Robots, Run Dubai va Potatoland.
Edu Market — butun mamlakat bo‘yicha 620 000 dan ortiq foydalanuvchiga ega ta’lim platformasi.
Frame — onlayn kinoteatr, dublyaj studiyalari va o‘z televizorlarini ishlab chiqarish yo‘nalishlarini birlashtirgan media ekotizim.
Yangi vizual novella (ish jarayonida) — o‘zbek tilidagi ilk interaktiv o‘yin janridagi loyiha bo‘lib, Frame va GameZale jamoalari tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Instagram Eduard Ishkulov: @eduardishkulov
Instagram Frame: @frame.mediauz
Reklama huquqlari asosida.