6355/6356-sonli Qo‘ng‘irot-Nukus-Qo‘ng‘irot shaharlararo poyezdi 12-oktabrdan har kuni qatnay boshlaydi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsad qilingan. Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
6356-sonli Qo‘ng‘irot-Nukus
- Qo‘ng‘irot — 02:48
- Qonliko‘l — 03:17−03:18
- Bolg‘ali — 03:36
- Shumanay — 03:48
- Xatep — 03:58
- Xo‘jayli — 04:09−04:11
- Naymanko‘l — 04:28
- Taxiatosh — 04:36−04:38
- Nukus — 04:58
6355-sonli Nukus-Qo‘ng‘irot
- Nukus — 20:05
- Taxiatosh — 20:21−20:23
- Naymanko‘l — 20:33
- Xo‘jayli — 20:47−20:49
- Xatep — 21:03
- Shumanay — 21:13
- Bolg‘ali — 21:25
- Qonliko‘l — 21:43−21:45
- Qo‘ng‘irot — 22:12
Yo‘lovchilardan yangi jadval asosida safarlarini rejalashtirish so‘ralmoqda.
Joriy yilning yanvarida Urganch-Qo‘ng‘irot-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.
Fevral oyida esa Nukus-Beyneu yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Spot, avvalroq, Urganch-Nukus yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgandi.