Java nima va uni qanday o‘rganish mumkin? Dasturchi bilan suhbat
Uzum’da senior Java dasturchisi Nasibulloh Yandashev Spot’ga Java dasturlash tilini qanday o‘rganish mumkinligi, ishga kirishda nimalarga e’tibor berish kerakligi hamda sun’iy intellektning dasturchilar faoliyatiga ta’siri haqida so‘zlab berdi.
Brend tarixi: amerikaliklarning sevimli britancha Twix shirinliklari
1967-yilda Buyuk Britaniyada Raider nomi ostida ishlab chiqarila boshlangan batoncha bugun dunyoda Twix nomi bilan tanilgan. Yillar davomida u nomi, logotipi va marketing uslubini o‘zgartirib, Mars kompaniyasining muvaffaqiyatli shirinliklaridan biriga aylangan.
Moped va skuter uchun yangi talablar yetkazib berish xizmatlariga qanday ta’sir qildi?
1-oktabrdan moped va skuterlarni haydovchilik guvohnomasi hamda davlat raqami bilan boshqarish talabi kuchga kirgach, Wolt va Uzum Tezkorda ayrim kuryerlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Kompaniyalar bu jarayonga moslashish, hujjatlarni rasmiylashtirish va kuryerlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- iPhone 17‘ni O‘zbekistonga olib kirish qanchaga tushadi? Bojxona qo‘mitasi to‘lovlar haqida
Qo‘mita AQSh, BAA, Janubiy Koreya hamda Xitoydan yangi iPhone 17ni olib kirish uchun belgilanadigan bojxona qiymatini tushuntirdi. - Narxlarning qimmatlashishi va monopoliya xavfi — Yuksalish import bojlarini pasaytirishga chaqirdi
harakat boj siyosatini qayta ko‘rib chiqib, adolatli va mutanosib mexanizmlarni joriy etishni taklif qilmoqda. - Meta O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishi mumkin
ILMA kompaniya bilan monetizatsiya, foydalanuvchilarni himoya qilish hamda reklama joylashtirishda firibgarlikning oldini olish masalalarini muhokama qildi. - Toshkentda BRT tipidagi tezkor avtobus yo‘nalishi ochildi. Video
Shota Rustaveli ko‘chasida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakda 38-, 57- va 58-sonli yo‘nalishlar harakati boshlandi. - O‘zbekistondagi AES qurilishida Enter Engineering subpudratchi sifatida ishtirok etadi
Kompaniya qurilish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tanlov asosida jalb qilingan. Asosiy qurilish ishlari hali boshlangani yo‘q. - O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana rekordni yangilab qariyb $55 mlrdga yetdi
Markaziy bankning xalqaro aktivlari bir oyda $4,9 mlrdga oshdi. Oltin zaxirasi qiymat jihatidan ketma-ket uchinchi oy rekordni yangiladi — $44,23 mlrd. - Jahon banki O‘zbekistonning joriy va kelasi yil uchun iqtisodiy o‘sishi prognozini yaxshiladi
Mamlakatda YIM o‘sishi 2025-yilda 6,2% ni, 2026-yilda esa 6% ni tashkil etishi kutilmoqda. - Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi
Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. - O‘zbekistonda mis sim eksportiga boj joriy etish rejalashtirilmoqda
OKMKdan mis mahsulotlariga 4% lik chegirma yana uch yilga uzaytiriladi hamda birja orqali mis xaridi uchun $100 mln ajratiladi. - Issiqxonalar uchun ijtimoiy soliq 1% etib belgilandi
Ularning mavjud soliq qarzlari bo‘yicha to‘lov muddati 2028-yil oxirigacha uzaytiriladi.