9-oktabr kuni Toshkentda avtomobil sanoatining kuzgi mavsumidagi asosiy premerasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi BYD brendining rasmiy model qatoriga yangi SEAL 6 modeli taqdim etildi. Bu yuqori texnologiyali qulay sedan o‘ta kam yonilg‘i sarfi va NEDC sikli bo‘yicha 2020 kilometrgacha bo‘lgan rekord darajadagi yurish masofasiga ega.
Endi sayohatlar nafaqat qulay va xavfsizroq, balki ancha tejamkor ham bo‘ladi, chunki BYD Seal 6 avtomobilining yoqilg‘i sarfi 100 kilometrga atigi 3,4 litrni tashkil etadi.
Avtomobilning ba’zi xususiyatlari:
- 2020 kilometr umumiy yurish masofasi (NEDC). Sayohatlar ancha tejamkor va qulay bo‘ladi. Endi yoqilg‘i quyish va quvvatlash shoxobchalari orasidagi masofani hisoblash zarurati yo‘q. Bularning barchasi 65 litr sig‘imli yoqilg‘i baki va SEAL 6 ning yuqori energiya samaradorligi tufayli amalga oshirildi;
- faqat elektr energiyasida 120 kilometr (NEDC). 15,8 kVt·soat sig‘imli akkumulyator chiqindilarsiz va yoqilg‘i sarflamasdan elektr energiyasida 120 kilometrgacha masofani bosib o‘tish imkonini beradi — bu shahar ichidagi sayohatlar uchun maqbul yechim hisoblanadi;
- kuzovning qattiqligi 36% ga oshgan. Mustahkamlangan konstruksiya avtomobilning xavfsizligi va barqarorligini oshiradi, qat’iy xalqaro standartlarga javob beradi;
- g‘amxo‘rlik va qulaylik. Keng salon, orqa qator o‘rindiqlarining markazida to‘liq tekis pol mavjud bo‘lib, bu yo‘lovchilarga oyoqlarini erkin joylashtirish va qo‘shimcha qulaylik yaratish imkonini beradi. Yuqori samarali shovqin izolyatsiyasi (NVH) salonda yoqimli muhit hosil qiladi. Haydovchi o‘rindig‘ining xotira funksiyasi tufayli uni har safar yo‘lga chiqishdan oldin qayta sozlashga hojat qolmaydi;
- O‘zbekcha interfeys. BYD bulutli xizmati, 4G aloqa. Avtomobil salonida Bluetooth;
- 8,8 dyuymli asboblar paneli;
- 15,6 dyuymli sensorli ekran.
BYD Seal 6 ning asosida BYD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ilg‘or gibrid tizim mavjud. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat:
- gibrid va elektr rejimlari orasida ravon o‘tish: energiyaning aqlli taqsimlanishi har qanday yo‘l sharoitida eng yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
- 160 kVt quvvatga ega elektr motor: ishonchli tezlanish va dinamik haydash uslubini ta’minlaydi;
- maksimal aylanish momenti 260 N·m: qulay safarlar uchun samaradorlik va tejamkorlikning maqbul uyg‘unligi.
Avtomobil O‘zbekiston bozoriga moslashtirilgan bo‘lib, qishki va yozgi mavsumlar o‘rtasidagi harorat farqini hisobga oladi. Jihozlanishiga old va yo‘lovchi o‘rindiqlarini isitish, rulni isitish, old qator o‘rindiqlarini shamollatish tizimi kiradi, shuningdek, avtomobilga sovutkich/isitkich o‘rnatilgan.
BYD Seal 6 kuzovning to‘rtta rangi va salonning ikki xil rangida taqdim etiladi.
BYD Seal 6 o‘zbekistonliklarga yuqori Flagship 120 komplektatsiyasida taqdim etilmoqda. Uning xususiyatlari bilan havola orqali tanishish mumkin.
Kafolat muddati 6 yil yoki 150 ming km. Blade batareyasi uchun kafolat 8 yil.
Narxi 364,4 mln so‘m. Kreditga xarid qilish imkoniyati mavjud.
Maslahat olish, texnik xizmat ko‘rsatishga yozilish va test-drayvni 1322 yagona raqami orqali amalga oshirish mumkin.
Sayt: byd-astanamotors.uz
Facebook: fb.com/BYD-Astana-Motors
Instagram: @byd_astanamotors.uz
Reklama huquqlari asosida.