Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent-Male-Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar joriy yilning 30-noyabridan boshlanib, haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali (mahalliy vaqt bilan):

  • Toshkentdan jo‘nab ketish — 1:35, Malega yetib kelish — 8:05;
  • Maledan jo‘nab ketish — 9:20, Toshkentga yetib kelish — 15:40.

Bir tomonlama chiptalar narxi 3,78 mln so‘mdan, borish-kelish esa 8,1 mln so‘mdan boshlanadi.

Hozirda o‘zbekistonliklar Maldiv orollariga yetib borganda viza rasmiylashtirishlari (Visa on arrival) mumkin.

Avvalroq O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Gonkong xalqaro aeroporti bilan kadrlar tayyorlash va o‘qitish sohasida hamkorlik qilinadi.