Hamroh va Uzum Market qo‘shma loyihasi aynan shu haqda — o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni istagan hamda buning uchun imkoniyatlar izlayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida. Ushbu material tadbirkor ayollar, ularning tajribasi, duch kelgan qiyinchiliklari va, albatta, g‘alabalari haqida bir qator mavzularni ochib beradi.
Ilk qadam: g‘oyadan biznesga
Hozir shug‘ullanayotgan ishimga birdaniga kelmadim. 2019-yilda dugonalarim bilan ayollar kiyimlari brendini yaratishga qaror qildik. O‘sha paytda O‘zbekistonda sezilarli mahalliy brendlar deyarli yo‘q edi, garchi Rossiya va Qozog‘istonda bu to‘lqin allaqachon faollashib borayotgan bo‘lsa-da. Biz tushunardik: sinab ko‘rish vaqti keldi, agar biz bo‘lmasak, buni boshqa birov qilgan bo‘lardi.
“Biz muvaffaqiyatli keyslardan ilhomlandik, buni amalga oshirish mumkinligini tushundik va uzoq hisob-kitoblar va tahlillarsiz ish boshladik — hozir tushunyapmanki, bu xatarli edi, ammo o‘shanda aynan jasorat bizni oldinga yetakladi. Matolarni o‘zimiz izlardik, sexlar bilan kelishuvlar olib borardik, ishlab chiqarishning nozik tomonlarini o‘rganardik — bularning barchasi yo‘l-yo‘lakay amalga oshirilardi. Har bir yangi bosqich alohida chaqiriq kabi edi va tayyor yechimlar mavjud emasdi. Biroq aynan shu holat bizga tezkorlik va ishonch berdi: vazifa bor ekan — yechim albatta topiladi”.
Biznes qanday o‘zgardi
Vaqt o‘tishi bilan kiyim yaratishning o‘zi yetarli emasligini tushundim. Ma’lum bo‘lishicha, atrofda g‘oyalari bor, lekin tajriba va resurslari yo‘q odamlar juda ko‘p ekan. Va biz ularga o‘z loyihalarini ishga tushirishda yordam bera boshladik. Shu tariqa kichik sex konsalting-ishlab chiqarish kompaniyasiga aylandi.
Hozir biz “yagona darcha” formatida ishlaymiz: mijoz g‘oya bilan keladi, tayyor to‘plam va brend bilan ketadi. Biz birgalikda marketing strategiyasini o‘ylaymiz, mahsulotni ishlab chiqamiz, partiyalarni tikamiz. Bu kiyim yaratishga bo‘lgan yondashuvning o‘zini o‘zgartiradi — brend muallifi konsepsiyaga e’tibor qaratishi mumkin, biz esa amalga oshirishning barcha bosqichlarini o‘z zimmamizga olamiz. Bu men uchun muhim, chunki biz butun bir sanoat uchun imkoniyatlar yaratmoqdamiz.
Men doimo aytamanki, faoliyatimning asosida uch qadriyat yotadi: sabr-toqat, qabul qilish va boshqalarga xizmat ko‘rsatish. Bu so‘zlar men uchun shunchaki mavhum tushunchalar emas:
- sabr-toqat — modadagi yo‘l uzoq bo‘lgani uchun natija har doim ham tez kelavermaydi;
- qabul qilish — chunki mijozlar har xil, tajribasi, fe’l-atvori, yondashuvlari turlicha bo‘ladi va har bir kishini eshita olish kerak;
- xizmat ko‘rsatish — chunki bizning biznesimiz boshqalarning orzularini ro‘yobga chiqarishga yordam berishiga ishonaman.
Faxr va yutuqlar
Kompaniyamizda har bir yangi ish o‘rni katta yutuq deb hisoblayman. Ammo muhim jihatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, “O‘zbekistonda o‘z kiyim brendi: yaratish sari 5 ta qadam” onlayn kursining ishga tushirilishi biz uchun shunday bo‘ldi.
Bungacha biz mijoz bilan faqat “yakkama-yakka” formatida ishlaganmiz va kurs bizga bir vaqtning o‘zida o‘nlab odamlar bilan tajriba almashish imkonini berdi. Bu noodatiy va murakkab edi: ta’lim mahsulotini qanday qurishni, materialni sodda va tizimli tushuntirishni qayta o‘rganishga to‘g‘ri keldi. Ammo natija kutilganidan ham yuqori bo‘ldi — kurs ishtirokchilarining aksariyati o‘z loyihalarini ishga tushirishga erishdi. Men uchun bu tajribamiz haqiqatan ham foydali ekanligi va ta’lim orqali ham sohaga hissa qo‘sha olishimiz mumkinligining tasdig‘i bo‘ldi.
Saboqlar va ilhom
Mijozlarimizning qariyb 70%i tajribasiz yangi tadbirkorlar bo‘lib, ular orasida ayollar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning hikoyalari menga ayniqsa yaqin, chunki men ham xuddi shunday — aniq vositalar va bilimlarsiz, faqat orzu bilan boshlagan edim. Ularning qo‘rquvlarini, sarosimaga tushishlarini va xato qilishdan cho‘chishlarini yaxshi tushunaman, shuning uchun ishimizda qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratamiz. Men o‘z tajribamni ulashishga, qayerda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkinligini, ortiqcha xarajatlardan qanday qochish va dastlabki qadamlarni tezroq qo‘yish yo‘llarini ko‘rsatishga harakat qilaman.
“Shu ma’noda, bu yil boshida men qo‘shilgan Hamroh kompaniyasining tashabbusi menga juda yaqin — u ayol tadbirkorlar uchun haqiqiy imkoniyatlar yaratadi. O‘z ishini yo‘lga qo‘ygan ayol boshqalarga o‘rnak bo‘ladi va haligacha orzu bilan yurganlarga yo‘l ochadi. Unga qo‘llab-quvvatlash, bilim va vositalar berilsa, u dastlabki tasavvurdan ko‘ra ancha ko‘proq narsani o‘zgartira oladi”.
Bu yo‘lda ko‘p qiyinchiliklar bo‘ldi. Ba’zida juda ko‘p kuch sarfladik, natija kutganimizdek bo‘lmadi. Ammo shuni angladimki, bunday paytlarda eng muhimi — ishonchni yo‘qotmaslik va vahimaga berilmaslik. Agar qaror ichkaridan kelayotgan bo‘lsa, atrofdagi hamma narsa qarshidek ko‘rinsa ham, qat’iyatli bo‘lish kerak.
Yaqinlarim: ota-onam, oilam va jamoam menga juda ko‘p yordam berishdi. Atrofingizda ruhan kuchli insonlar bo‘lsa, har qanday sinovdan o‘tish osonroq kechadi. Buning uchun ulardan minnatdorman, chunki biznes har doim nafaqat shaxsiy kuch, balki atrofdagilar haqida hamdir.
Kelgusi rejalar
Biz jamoa bilan O‘zbekiston moda sanoatida kuchli hamjamiyat yaratmoqchimiz — bu dizaynerlar va tadbirkorlar tajriba almashishi, qo‘shma loyihalar, ko‘rgazma zallari va ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘lgan maydondir. Kelajak odamlar birlashib, bir-biriga o‘sishga yordam beradigan hamkorlikda bo‘lishiga ishonaman.
Lekin biz uchun yana bir muhim yo‘nalish — mahalliy onlayn bozorlar va e-commerce'ni rivojlantirish. Yaqinda biz Uzum Market’ga chiqarish uchun maxsus yangi to‘plam ishlab chiqdik. Bu biz uchun o‘ziga xos bosqich edi, chunki e-commerce bilan ishlash boshqacha yondashuvni talab qiladi. Bu yerda nafaqat kiyimning sifati, balki uning onlayn taqdim etilishi ham muhim: fotosuratlar va tavsiflardan tortib, brendning javob berish tezligigacha. Marketpleyslarda raqobat oflaynga qaraganda yuqori va siz darhol xaridorning e’tiborini qozonishingiz kerak.
Boshlovchilar uchun maslahat
Agar o‘z biznesingizni yaratish haqida orzungiz bo‘lsa — boshlang. Rivojlaning, boshqalardan o‘rganing, xatolardan qo‘rqmang. Har bir xato sizni kuchliroq qiluvchi saboqlarni beradi. Butun dunyo siz uchun ekanligiga ishoning, shunda imkoniyatlar albatta paydo bo‘ladi.
O‘z loyihasi haqida o‘ylayotgan va moliyalashtirish izlayotganlar uchun esa ajoyib imkoniyat mavjud: Hamroh Uzum Market bilan birgalikda tadbirkor ayollar uchun grant dasturini ishga tushirdi — 20 nafar g‘olib o‘z g‘oyalarini rivojlantirish uchun 50 mln so‘mdan oladi. Arizalarni 2025-yil 31-oktabrgacha ushbu havola orqali topshirish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.