2025-yilning yanvar-avgust oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 1,1 trln so‘mga yaqin soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Shundan 213,3 mlrd so‘mi, ya’ni 19,4%i 20 ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2,8 trln so‘mni, soliq imtiyozlari esa 31,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Yanvar-avgust oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonasi KFC tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — International Foodchain bo‘ldi. Korxona tomonidan 62,4 mlrd so‘m soliq to‘langan.
Ikkinchi o‘rinda Mak Food Servis — Evos brendi turibdi. Kompaniya 43,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Kuchli uchlikni 25,1 mlrd so‘m Oqtepa Food Service — Oqtepa Lavash brendi yakunlab berdi.
Quyida 20 ta umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan to‘langan soliqlar ko‘rsatilgan:
| Kompaniya nomi | To‘langan soliqlar, mlrd so‘mda |
| International Foodchain (KFC) | 62,4 |
| Mak Food Servis (Evos) | 43,9 |
| Oqtepa Food Service | 25,1 |
| Ketring | 23,4 |
| Feedup Eco | 5,4 |
| Savdo | 5,1 |
| Maxway Food | 4,7 |
| PJ Eastern Group | 4,5 |
| Chef Katering | 4,3 |
| Alfa Best | 4 |
| Vanilla Food | 4 |
| French Pastry | 3,9 |
| Wencaf | 3,7 |
| Bellissimo Pizza International | 3,6 |
| The Choyxona Group | 2,8 |
| Dodo Pizza | 2,6 |
| Xonobod Fayz Taomlari | 2,6 |
| Lambic | 2,5 |
| Real Business Trade | 2,4 |
| Sam Agro Star | 2,4 |
Avvalroq Spot ChatGPT ishlab chiquvchisi O‘zbekistonda soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani haqida yozgandi.
Bundan tashqari, AQShning DigitalOcean bulutli xizmatlar provayderi ham elektron xizmatlar yetkazib beruvchisi sifatida Soliq qo‘mitasida hisobga olindi.
