Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilganligi bilan tanilgan amerikalik tarjimon va tadqiqotchi Mark Riz kitob O‘zbekistonda noqonuniy tarqatilayotganini ma’lum qildi. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga sovg‘a qilgan nusxasi skaner qilinib, muallif ruxsatisiz PDF-fayl shaklida mamlakat bo‘ylab tarqatilgan.
Riz sodir bo‘lgan holatni intellektual mulkning o‘g‘irlanishi deb aytdi va bunday holatlar O‘zbekistonga nisbatan muallliflik huquqini himoya qila oladigan sherik sifatidagi ishonchga putur yetkazishini bayon qildi. U o‘zining tarjima asari bilan sodir bo‘lgan “qaroqchilik” (piratlik) hodisasi shunchaki shaxsiy alam emas, balki mamlakatda mualliflar va tarjimonlar mehnatiga qanday munosabatda bo‘lishayotganining ko‘rsatkichi ekanligini ta’kidladi.
Maqola e’lon qilingan vaqtda Adliya vazirligi yoki boshqa davlat idoralaridan rasmiy izoh kelib tushmagan.
O‘zDJTU holat yuzasidan rasmiy izoh berdi. Universitet intellektual mulk himoyasi standartlariga, jumladan Bern konvensiyasi me’yorlari va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) prisiplariga qat’iy amal qilishini bildirdi.
Bayonotda kitobning nusxasi universitet rektoriga Mark Riz tomonidan shaxsan topshirilgani va keyinchalik axborot-resurs markaziga berilganiga ochiqlik kiritiladi. Kutubxonada akademik foydalanish uchun faqat bitta nusxa mavjud.
Universitet Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga binoan, barcha oliy o‘quv yurtlari o‘z o‘quv va ilmiy materiallarining bibliografik qaydlarini Unilibrary.uz platformasiga joylashtirishlari shartligini ham tushuntirib o‘tgan.
Tizimga faqat tarjima haqidagi bibliografik axborot — kitobning matnisiz yoki uning elektron nusxasisiz kiritilgan. Joylashtirish uchun muallif roziligi talab qilinishi ma’lum bo‘lgach, yozuv olib tashlangan.
Spot tarjimonning o‘zi, kitob bozori vakillari va intellektual mulk sohasidagi mutaxassislar bilan buning ortida nima turganligi va O‘zbekistonda mualliflik huquqini himoya qilish muammosi bugungi kunda qanchalik keskin ekanligi haqida suhbatlashdi.
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani tarjimasi muallifi, amerikalik tadqiqotchi, Suhbat LLC ta’lim kompaniyasi asoschisi.
Men O‘zbekistoga 1994-yilda Qo‘qondagi “Tinchlik korpusi” (Peace Corps) Amerika dasturi doirasida keldim. Biz umuman mamlakatga kelgan ikkinchi guruh edik. Men 23-sonli maktabda dars berdim va ochig‘ini aytganda, bu yerga mehr qo‘yib qoldim.
Qo‘qon nihoyatda chuqur madaniyatga ega. Umuman, O‘zbekiston shunday boy tarixga, shunday ko‘p qatlamli ta’sirlarga ega mamlakat. Ikki yilu uch oy o‘tib, o‘z burchimni tugatganimda — menda javoblarga qaraganda ko‘proq savollar qolgan edi. Men hozir nima ko‘rdim? Bu nima edi? Din, ayollarning o‘rni, islom va davlat haqidagi savollar meni chulg‘ab oldi.
Mark Riz O‘zbekistonga kelibgina Mark Riz kimligini topdi, deb aytish mumkin va buning uchun men cheksiz minnatdorman.
Men Markaziy Osiyoni o‘rgana boshladim va Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani birinchi boblarini inglizchaga tarjima qilishga kirishdim. Men uchun roman juda shaxsiy masalalarga javob bo‘ldi. To‘g‘risini aytganda, shunchaki ajoyib, chuqur, haqiqiy tarix bo‘ldi. Bu faqat klassika emas, bu — bugungi kunni tushuntirib beradigan matndir. Natijada bu tarjimaga mening o‘n besh yil umrim va uyqusiz tunlarim ketdi.
Tarjima auditoriyasi — tor ma’nodagi sayyohlar emas, balki mintaqa haqida qaror qabul qiladigan odamlar: diplomatlar, harbiylar, biznes egalaridir. Amerika tuzilmalari bilan ishlar ekanman, men mahalliy madaniyatni bilmaslik nimalarga olib kelishini ko‘rdim. “Ana, jin ursin, kitobni oling va qayerda ekanligingizni bilib qo‘ying”. Men “hozirgi o‘zbeklarning kelib chiqish tarixi"ni dunyoga hurmat bilan gapirib bermoqchi edim va shu bilan o‘zimni ko‘p narsalarga o‘rgatgan mamlakat oldidagi qarzimni uzishni istagandim.
2019-yilda “Do‘stlik” ordeni oldim. 2020-yilda esa yana O‘zbekistonga keldim — o‘z hisobimdan. O‘zim bilan bir jomadan kitob — “O‘tkan kunlar"ning o‘zim tarjima qilgan nusxalarini, shunchaki shaxsan topshirish uchun olib keldim. Men uchun bu hurmat belgisi edi. Kitobni Abdulla Qodiriyning nevarasi — Xondamirga sovg‘a qilmoqchi edim, kimdir o‘qib chiqishi va bunga qanchalik mehnat sarflanganini tushunishi uchun o‘zbekistonlik talabalar bu tarjimani qo‘llariga olishini istagandim. Imzolangan nusxasini O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga ham sovg‘a qildim.
Men o‘z kitoblarimni Amazon orqali “print on demand”, ya’ni so‘rov bo‘yicha chop etish tizimi orqali sotaman. Shuning uchun o‘zim nusxalarni mustaqil ravishda buyurtma qildim va O‘zbekistonga shaxsan olib keldim.
Uchrashuvlardan birida — bu Zoom orqali bo‘lgandi — elchixonalar, Yozuvchilar uyushmasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv vaqtida menga shunday deyishdi: “Prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan Mark Rizga minnatdorchilik bildirmoqchimiz, unga $10 ming qalamhaqi to‘laymiz, 10 ming nusxa kitob sotib olamiz va Navoiy universitetida ish taklif qilmoqchimiz”.
Men bunda hurmat belgisini ko‘rdim. Chunki hech qachon o‘zim uchun biror narsa so‘ramagandim. Bu tarjima uchun bir tiyin ham olganim yo‘q — o‘n besh yillik mehnat va biror dollar ham yo‘q. Men bu ishni mamlakatga bo‘lgan muhabbatim, uning madaniyatiga hurmatim uchun qildim.
Xullas, men ishondim. Axir, birov “Prezident nomidan” gapirsa, buning yolg‘on ekanligi kimning ham xayoliga keladi, deysiz? Bir necha oy o‘tdi — jimlik. Na puldan, na xariddan darak bor. Men va’da qilingan narsa uchun mas’ul shaxslarga yozdim — xushmuomalalik bilan, xotirjam. Keyin yana yozib ko‘rdim. Hech narsa. Payti kelib, shunchaki tutaqib ketdim. Men — oriyatli odamman, janublikman. Biz uchun so‘z — muqaddas narsa.
Shunda hech kim mendan kutmagan ishni qildim. O‘zbekchasiga emas, kovboychasiga ish tutdim. To‘g‘ridan to‘g‘ri. Qat’iy. Twitter’ga yozdim, u paytlar hali bu Twitter edi, ochiq, nomma-nom. “Prezident nomidan” deb yozdim. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu ish berdi. O‘sha tvitdan so‘ng, menga va’da qilingan qalamhaqini berishdi. Lekin shu ko‘yi 10 ming kitob sotib olishmadi.
https://twitter.com/uzbekmodernist/status/1449905178354851843?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1449905178354851843%7Ctwgr%5E2a4ac9fa1646c2d33c83c9e63ca32acd12ec4b3e%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.spot.uz%2Fru%2F2025%2F10%2F17%2Fbygone-days%2F
Bo‘lib o‘tgan voqealarning hammasiga qaramay, hali ham O‘zDJTUga hurmat bilan munosabatda edim. Xullas, men ularga kitob nusxasini — o‘zimning, imzo qo‘ygan kitobim nusxasini sovg‘a qilgan o‘sha tashrif vaqtida — kimdir “Kitobni raqamlashtirish mumkinmi?” degan mavzuni ko‘tarib qoldi. Darrov “yo‘q” dedim. Men bunga ijozat bermayman. Na hozir, na keyinchalik. Nima uchun ekanligini tushuntirdim. Chunki faylni berishing bilanoq — tamom-vassalom, u g‘oyib bo‘ladi. Uni o‘g‘irlashadi. Bu shunchaki vaqt masalasi. Buni o‘nlab marta ko‘rganman — O‘zbekistonda har qanday loyiha, har qanday g‘oya, hech bo‘lmaganda biror-bir biznesni yo‘lga qo‘yishning har qanday imkoniyati raqamli hujjatni bergan paytingdayoq yo‘qolib ketadi.
Ularga shunday dedim: “Mayli, talabalarda kutubxonadagi qog‘oz nusxalar bo‘lsin — qarshi emasman, men bolalar hisobidan pul ishlashni istamayman. Biroq hech qanday PDF bo‘lmaydi. Xohlasangiz xuddi Yevropadagidek litsenziya rasmiylashtiramiz: bir yilda 10 mingta ko‘rish evaziga, ma’lum bir summani to‘lang. Ammo raqamli versiya bo‘lmaydi”.
Lekin baribir, bir-ikki yildan so‘ng odamlar mening oldimga kelib, kitobimni raqamlashtirishganini ayta boshlashdi. Bir hafta oldin uzoq hududdan bir do‘stim menga yozib qoldi. U “Aytsam ishonmaysan. Qara, nima topib oldim”, deb menga PDF jo‘natdi. Toshkentdan emas. Ochib qaradim — va o‘z imzoimni ko‘rdim. Mening “Jahon tillari"ga yozib bergan yozuvim. Bu aynan o‘sha, men ularga sovg‘a qilgan nusxa edi.
Do‘stimning aytishicha, bir talaba uning oldiga kelib shunday degan: “Men bu kitobni chop etib nusxalarini Farg‘onada sotmoqchiman. Shundan pul ishlab olishimiz mumkin”. Do‘stim, albatta, unga rad javobini bergan, ammo faktning o‘zi-chi?! Umuman bu fayl qanday qilib uning qo‘liga tushib qoldi? Uzoq hududlardan!
Shunda tushunib yetdim: mening kitobim endi meniki emas.
Keyin PDFni diqqat bilan ko‘rib chiqdim. Bu yerto‘lada, qayerdadir Chorsuda qilinmagan, “havaskor” emas. Bu professional skanerlangan, betma-bet. Bu yaxshi uskunada bajarilgan. Ana shunda u qayerdan chiqqaniga shubham qolmadi. Eng alamlisi esa: hamma suhbatlardan so‘ng, barcha tushuntirishlardan keyin, mening bevosita “yo‘q” deganimdan so‘ng — ular baribir shu ishni qilishdi.
O‘zimni xotirjam odam qilib ko‘rsatmoqchi emasman. To‘g‘ridan to‘g‘ri shunday dedim: “Agar shu rost bo‘lsa, men zo‘rlik ishlatishni tanlayman. Xushmuomalalik qilmayman. Men o‘sha „olijanob amerikalik“ bo‘lishdan charchadim”. Rostdan ham men — olijanob odamman. Afg‘onistonni boshdan o‘tkazganman, tanlov nima ekanligini bilaman. Biroq sening mehnatingga mana shunday munosabatda bo‘lishar ekan — sening boshqa tomoning uyg‘onadi.
Bo‘lib o‘tgan voqea haqida LinkedIn’da yozganimdan yigirma to‘rt soat o‘tgach, menga Adliya vazirligidan yozib qolishdi. Samolyotda uchib keldim, biz uchrashdik. To‘g‘risi lol qoldim. Yaxshi ma’noda. Stol atrofida o‘tiribman, ro‘paramda — uch nafar professional. Yosh, aqlli, xotirjam kishilar. Ular shunday deyishdi: “Biz — Adliya vazirligidanmiz. Sizning manfaatlaringizni himoya qilish uchun bu yerdamiz”. Meni hatto fotosuratga ham olishdi, chunki, ma’lum bo‘lishicha, “mualliflar va ijodkorlarning huquqlarini himoya qilish oyligi” bo‘lib o‘tayotgan ekan.
Men ularga aytdim: “Yigitlar, agar bu yerga investorlar kelishini xohlaydigan bo‘lsangiz, sizlarni jiddiy mamlakat sifatida qabul qilishlarini istasangiz, intellektual mulkni himoya qila olishingizni ko‘rsatishingiz shart. Chunki agar bitta kitobni himoya qila olmasangiz, ITdagi, texnologiyalardagi milliardlarni qanday himoya qila olasiz?”.
Bu o‘g‘irlagan PDF haqida shunchaki hikoya emas. Bu universitet, institut, rasmiy tuzilma begona odamning mehnatini olib, uni o‘ziniki deb hisoblashi mumkinligi haqidagi tarixdir. Hech kim javobgar bo‘lmaydi ham. Toki bu men, mediaga kirib, postlar yozishi, sizning vazirligingizga murojaat qilishi mumkin bo‘lgan amerikalik bilan sodir bo‘layotgan ekan — mahalliy mualliflar, tarjimonlar bilan nimalar bo‘layotganini bir tasavvur qilib ko‘ring-a! Ularda hech qanday imkon yo‘q.
Toki davlat JSTga a’zo bo‘lishni istar, jahon iqtisodiyotining bir qismi bo‘lishni xohlar ekan — u nafaqat neft va gazni, balki g‘oyalar, kitoblar, musiqa, san’atni himoya qilishni o‘rganishi kerak.
Men AQShda dars beraman, konferensiyalarda nutq so‘zlayman. Qaytganimdan bir haftadan so‘ng Tenessida konferensiyam bor, u yerda biznesmenlar, haqiqatan ham millionlab pul kiritadigan odamlar o‘tirishibdi. Ular “O‘zbekiston senga ma’qul ko‘rindimi — intellektual investitsiyalar uchun ishonchli joymi?”, deb so‘rashadi.
Nima deyman? Kitobimning PDFi Telegram bo‘ylab sayr qilib yuribdi-yu, hech kim aybdor emas, deymanmi? Toki siz bir tarjimonni himoya qila olmas ekansiz, sizga milliardlar keltirganida Google yoki Microsoftni qanday himoya qilasiz?
Mana besh yildirki, bir oddiy g‘oya menga tinchlik bermaydi. Kitobimni Toshkent aeroportida sotib olishlarini xohlayman. Shu xolos. Hukumat darajasida emas, forumda emas, vazir orqali emas. Shunchaki — reysga chiqishdan oldin, do‘konda.
Xo‘sh, bunga javoban nimani eshityapman? Sukut. Yoki: “Ko‘ramiz”. Natijada esa — hech narsa. Har gal bu yerga samolyotda uchib kelganimda, o‘ylayman: bo‘pti, balki bu gal iloji bo‘lib qolar. Keyin esa Duty Free yonidan o‘ta turib ko‘ramanki — besh kilogrammdan M&M's, shokolad, gilamlar, lekin birorta ham kitob yo‘q. Rostdanmi? Odamlar Nyu-Yorkka 12 soatlab uchishadi, ammo ularda O‘zbekiston haqida o‘qishga hech narsa yo‘q?
Shunchaki joy bering. Qolgan hammasini o‘zimiz qilamiz. Stend qo‘yamiz, ijarani to‘laymiz. Kitob sotib olishni xohlash-xohlamasliklarini esa odamlarning o‘zi hal qilsin. Bozor hal qilsin. Ingliz tilida maqol bor: “Let the dogs hunt”. Shunchaki itlarni qo‘yib yuboring — ovqatni o‘zlari topadi. So‘raganim shu, xolos.
Agar buning o‘zgarishini istasangiz — ommaviy sazoyi kerak. Tom ma’noda emas, albatta. Tizimdagi odam mansabi, obro‘si, pullarini yo‘qotadigan pretsedentlar kerak. Hammaga tushunarli bo‘ladi: intellektual mulkni o‘g‘irlash — qimmatga tushadi. Namuna ko‘rsatish kerak.
Shuning uchun men sudga bormoqchiman. Bu haqda vazirlikda ochiq aytdim: “Kompensatsiya xohlayman. Kimdir javob berishini istayman. Pul uchun emas, prinsip haqqi-hurmati”.
Hozircha da’voda qancha summa ko‘rsatilishini bilmayman. Lekin bu summa sezilarli bo‘lishini xohlayman. Toki to‘laydigan kishi keyin o‘ziga “Boshqa bunga yo‘l qo‘ymayman. Na o‘zimda, na hamkasblarimda” desin.
Men kutayotgan eng kami — O‘ZDJTU sovuqqonlik qilganini tan olsin. Ular o‘zlariga ishonib topshirilgan narsani himoya qilishmadi. Ularga kitobni sovg‘a qilganimda: “Bu alohida nusxa. Biz uni talabalarga bermaymiz, qimmatli sovg‘a sifatida kutubxonada saqlaymiz” deyishgan edi. Endi esa bu kitob PDF shaklida hududlarda sayr qilib yuribdi, uni menga Andijon va Farg‘onadan jo‘natishyapti. Bu tizimli sovuqqonlik, tasodif emas. Agar bu to‘xtatilmasa -hech kim hech qachon bu yerda madaniyatga investitsiya kiritmaydi.
Agar O‘zbekiston haqiqatan ham kreativ iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsa, intellektual mulkka hurmat bo‘lmasa, buning iloji yo‘q. Siz yo‘llar, IT-parklar qurishingiz, biennale tashkil qilishingiz mumkin, lekin yozuvchi, musiqachi, dizayner o‘z mehnati bilan pul topa olmasa — buning hammasi shunchaki peshtaxta bo‘lib qolaveradi. Kreativ iqtisodiyot, bu — festivallar, piar haqidagi gaplar emas. Bu o‘z ishi bilan yashash. Kitob, musiqa, dizayn sotish va seni aldab ketmasliklariga ishonchdir.
Men T. E. Lourensning iqtibosini tez-tez eslab turaman: “Hamma odamlar orzu qiladi, ammo bir xilda emas. Tunda o‘z ongining changli jin ko‘chalarida xayol suradiganlar kunduzi uyg‘onib buning behuda ekanligini tushunib oladilar; ammo kunduzi orzu qiluvchilar — xavfli odamlar, chunki ular ochiq ko‘z bilan o‘z orzularini ro‘yobga chiqara borib, shu orzularni imkoniyatga aylantirishadi”.
Men ana shuni — O‘zbekistonda harakat qilishdan, yaratish, o‘z ishini himoya qilishdan qo‘rqmaydigan “kunduzi orzu qiluvchilar” paydo bo‘lishini istayman. Qaysidir o‘zbek yigiti “O‘tkan kunlar"ning men qilgan tarjimasini olib, o‘qib chiqib: “Men bundan yaxshiroq qila olaman” deyishini xohlayman. Ana shunda, menimcha, biz rostdan ham haqiqiy nimadir qura boshlaymiz.
patent vakili, advokat, Legalmax yuridik firmasining boshqaruvchi hamkori, EUROUZ Assotsiatsiyasida huquq va intellektual mulk qo‘mitasi raisi.
Afsuski, O‘zbekistonda mualliflik huquqlari buzilishi — ommaviy hodisa. Gap faqat musiqa va vizual asarlar “qaroqchiligi"dagina emas. Hatto reklama kampaniyalari boshqalarning materiallaridan ruxsatsiz foydalanayotganini ham ko‘ryapmiz. Bu, ayniqsa, ilmiy muhitda og‘riqli namoyon bo‘lmoqda: plagiat, noqonuniy o‘zlashtirishlar, maqolalarni “qayta ishlashlar”, o‘zbek tilidagi ruxsat etilmagan tarjimalar va nashrlar — bularning hammasi, muntazam uchrab turibdi.
Har qanday jiddiy asarni — buning ustiga “O‘tkan kunlar"ni tarjima qilish, bu — yillab mehnat, katta xarajatlar va javobgarlikdir. Tarjima — mualliflik huquqining mustaqil obyekti ekanligini tushunmaslik — huquqiy madaniyat darajasi past ekanligining ko‘rsatkichi. Buni qayd etish yoqimsiz, ammo bu fakt. Har bir nizo mamlakat qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun hatto muayyan muallif uchun summa katta bo‘lmasada, bu jamiyat uchun sezilarlidir.
Agar tarjima oliy o‘quv yurtiga berilgan bo‘lsa va keyin noqonuniy chop etilgan bo‘lsa — javobgarlik, avvalambor, muassasa rahbariyati va mansabdor shaxslarining zimmasida bo‘ladi. Aynan kim: rahbar, xodim yoki ““professional skanerga ega talaba” “tugmachani bosgan"ligining ahamiyati yo‘q. OTM saqlash rejimini ta’minlab bermagan va tarqatilishning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rmagan. Bunda axborot chiqib ketishining ilk manbasi ham, keyingi barcha tarqatuvchilar — saytlar, platformalar, kanallar, do‘konlar ham qoidabuzarlar hisoblanadi. Har bir ko‘rinish — kompensatsiya undirilishi mumkin va zarur bo‘lgan alohida qoidabuzarlikdir.
Shundan asosiy savol kelib chiqadi: bugungi kunda mualliflarning huquqlari qanchalik himoyalangan? Qoidabuzarlik tizimli ravishda sodir bo‘layotganligi fakti oddiy bir narsani anglatadi — qoidabuzarlar javobgarlikdan qo‘rqishmayapti. Ular jazo o‘zlariga yetib bormaydi, degan taxmindan kelib chiqib ish ko‘rishadi. Ko‘p jihatdan ularning hisobi to‘g‘ri ham: himoya mexanizmlari murakkab, qimmat, vaqt bo‘yicha cho‘zilib ketadigan va ko‘pincha yetkazilgan zarar miqdoriga to‘g‘ri kelmaydi. Natijada ko‘p mualliflar himoyada oxirigacha borishmaydi — juda uzoq. Qimmat va natijasini oldindan aytib bo‘lmaydi.
Muammo tizimli xususiyatga ega. Haqiqiy siyosiy xohish-iroda — deklarativ emas, huquqni qo‘llovchilar uchun amaliy KPIda ifodalangan iroda bo‘lmasa, intellektual mulkni samarali muhofaza qilishning iloji yo‘q. Bugungi kunda, qoida tariqasida, bu ustuvor vazifa emas: qoidabuzarlarni qidirish, zararni baholash, kompensatsiya undirish — bularning hammasi kamdan-kam hollarda oxirigacha yetkaziladi. Rasman kompensatsiyalar oshirilgan, lekin amaliyotda — yetarli emas. Sudlar ko‘pincha summani o‘z ixtiyoriga ko‘ra kamaytirishadi, ba’zan zararga teng bo‘lmagan darajagacha. Bu iqtisodiyot va institutlar holatini aks ettiradi: hozircha huquqlarni himoya qilish muallif xarajatlarini qoplamas ekan, ko‘pchilik “ko‘z yumish"ni ma’qul ko‘radi.
Muallifning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari borligini esda tutish muhim. Qoidabuzarlik, bu — nafaqat pul; bu nufuz va tan olish masalasi hamdir. Lekin zararning ikkinchi bosqichi ham bor — mamlakat nufuziga zarar yetishi. JSTga kirishga ariza berishlar va IM bo‘yicha ko‘rsatkichlarni yaxshilashga urinishlar jihatidan har bir aks-sa'do beruvchi holat — orqaga tashlangan qadamdir. Bunday mojarolarni inkor qilish — mohiyatan, harakatsizlik orqali sabotajdir: iqtisodiyot investitsiyalarni yetarlicha olmaydi, biz esa IM himoyasiga ishonch pastligi uchun kelmaganlarni hatto hisobga ham olmaymiz.
Hozir himoyaning bir nechta tartib-taomillari bor: ma’muriy, jinoiy va fuqarolik-huquqiy yo‘llar — alohida va bir vaqtning o‘zida. Chet ellik muallif O‘zbekistonda teng huquqlarga egaligi va bevosita hamda vakillari orqali murojaat qila olishi muhim.
Ha, shikoyat berish oson, jazo va kompensatsiyagacha yetkazish esa — qiyin. Biroq, qoidabuzarlar aynan shundan umid qilishadi. Shuning uchun baribir buzilgan huquqlarning himoya qilinishi yo‘lidan borish zarur: qoidabuzarlikni qayd etish, olib tashlashga erishish, kompensatsiya undirish, cho‘zilayotgan qoidabuzarlikni to‘xtatish. Bu kelgusida qonuniy tijorat muomalasi uchun asos yaratadi.
Nazarimda, Toshkentda “kitob sotib olish madaniyati” allaqachon bor. Lekin sharoitlar kerak: tannarxni kamaytirish maqsadida olib kirish/nashr etish uchun imtiyozli bojxona va soliq rejimlari; noshirlar va tarjimonlar uchun tijoriy ma’no — mehnatni qonuniy moddiylashtirish imkoniyatisiz hech kim nashrlar va tarjimalarga sarmoya kiritmaydi. Bu noilojlik xalqasi bo‘lib, uni faqat siyosiy qaror: import va mahalliy nashr etishni yengillashtirish, kompensatsiyalar undirishning samaradorligini oshirish, javobgarlikni kuchaytirish, IM himoyasini davlat organlarining KPIga kiritish va shu bilan mualliflar, noshirlar, ishlab chiquvchilarni rag‘batlantirish orqali uzish mumkin.
IT-parklar va raqamli iqtisodiyot haqida ko‘p gapirishimiz mumkin, lekin toki muallif, tarjimon, ishlab chiquvchi huquqlarining haqiqiy himoyasi zaif ekan — natija salohiyatdan past bo‘ladi, investorlarning bir qismi esa — shunchaki kelmay qo‘yadi.
Topar kitob do‘konlari tarmog‘i asoschisi.
“O‘tkan kunlar"ning ingliz tiliga tarjimasi bilan bo‘lgan voqea — mening nazarimda, bizda intellektual mulkni nazorat qilish qanchalik zaif ishlashini ko‘rsatuvchi sharmandali holat. Sovg‘a qilingan kitobni skanerlash va internet bo‘ylab tarqatish — tarjimonning ulkan mehnatini beqadr qilishdir. Qonun buni tartibga solishi kerak: bunday holatga yo‘l qo‘yilmasligini ko‘rsatadigan jarimalar yoki boshqa choralar zarur.
Bunday vaziyatlar, afsuski, yagona holat emas. Toshkentda ko‘pincha huquq egalarining ruxsatisiz chet el bestsellerlarini tarjima qilishadi va chop etishadi. Bu noto‘g‘ri, chunki tarjima ham — muallif mehnatining bir shakli.
Odam hatto asl nusxaning muallifi bo‘lmaganida ham, u madaniy qadriyat yaratadi va uning mehnati vaqt, bilimlar va iste’dod talab qiladi. Sifatsiz tarjima qilinsa, kitobning mazmuni, uning muhiti va g‘oyasi yo‘qoladi, shuning uchun tarjimon mehnatiga hurmat yozuvchining mehnatiga bo‘lgan hurmatdan kam bo‘lmasligi zarur.
“Qaroqchilik” (piratlik) — O‘zbekiston kitob bozoridagi jiddiy muammo. U amalda nazorat qilinmayapti: noshirlar ustidan nazorat va mualliflik huquqlariga rioya qilish mexanizmlari yo‘q. Biz masalan, huquqlar Eksmo nashriyotiga tegishli bo‘lgan kitoblar shunchaki O‘zbekistonda qayta nashr etilib, ikki-uch marta arzon sotilayotgan vaziyatlarga duch kelmoqdamiz.
Biz kitoblarni rasman olib kiryapmiz, soliqlar va bojxona yig‘imlarini to‘layapmiz va ham davlatga, ham o‘quvchilarga foyda keltiryapmiz. Lekin “piratlik” nusxalari ulkan zarar yetkazmoqda — chunki ko‘p xaridorlar arzonroq narxlarni tanlashadi.
Biz hatto tajriba ham o‘tkazib ko‘rdik: “piratlik” nusxalarida eng ko‘p paydo bo‘ladigan o‘nta ommabop kitoblarni taqqosladik. Ulardan to‘qqiztasi asl nusxadan farq qilardi — qayerdadir sahifalar kamroq, qayerdadir shrift o‘zgargan, rasmlar va chizmalar yo‘q edi. Kitob, bu — shunchaki matn emas, muharrirlar, dizaynerlar, musahhihlarning katta mehnatidir. “Qaroqchilik” nusxalari shu mehnatni buzib ko‘rsatadi va yerga uradi.
O‘zbekistondagi sotuvchilarda bugungi kunda qaroqchilikka qarshi kurashadigan vositalar yo‘q. Noshirlarda — bor, ammo ular va muallif mamlakatda bo‘lsa va sudga bera olsagina. Huquq egasi chet elda — masalan, Rossiya, AQSH yoki Turkiyada bo‘lgan hollarda — biz biror harakat qila olmaymiz. Rossiyada piratlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qattiq jazo ko‘zda tutilgan. Bizda esa bu sohada hozircha yetarlicha huquqiy baza yo‘q.
O‘zbekistonda elektron kitoblar uchun to‘lov madaniyati bor, lekin u zaif rivojlangan. Ilgari, qog‘ozdagi nusxani yetkazib berish qiyin bo‘lganda, ko‘pchilik Amazon va Litresdan kitob sotib olardi. Hozir odamlar tobora ko‘proq filmlar, musiqaga obuna uchun pul to‘lashayapti — va bu odat kitoblarga ham tarqalmoqda.
Biz o‘z elektron kitoblar platformamizni ishga tushirishga uringanimizda, bir qator muammolarga — investitsiyalar yo‘qligi, xavfsiz to‘lovdagi qiyinchiliklar va bozor tayyorligining pastligiga to‘qnash keldik. Hozir loyiha to‘xtatib qo‘yilgan.
Kontentga to‘lov madaniyati mustahkamlanishi uchun, odamlarga shinamlik va qulaylik taklif qilish zarur. Pulli ilovalarda bepul PDFlarda yo‘q funksioal bo‘lishi shart: tavsiyalar, navigatsiya, audioformat, qisqacha ta’riflar, parcha eshitib ko‘rish imkoniyati. Foydalanuvchi qulaylik va sifat uchun pul to‘layotganini his qilsa, unda kontent uchun haq to‘lashning ongli odati paydo bo‘ladi.
O‘zbekistondagi sotuvchilarda bugungi kunda “qaroqchilikka” qarshi kurashadigan vositalar yo‘q. Noshirlarda — bor, ammo ular va muallif mamlakatda bo‘lsa va sudga bera olsagina. Huquq egasi chet elda — masalan, Rossiya, AQSh yoki Turkiyada bo‘lgan hollarda — biz biror harakat qila olmaymiz. Rossiyada “piratlik” uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qattiq jazo ko‘zda tutilgan. Bizda esa bu sohada hozircha yetarlicha huquqiy baza yo‘q.
O‘zbekistonda elektron kitoblar uchun to‘lov madaniyati bor, lekin u zaif rivojlangan. Ilgari, qog‘ozdagi nusxani yetkazib berish qiyin bo‘lganda, ko‘pchilik Amazon va Litres’dan kitob sotib olardi. Hozir odamlar tobora ko‘proq filmlar, musiqaga obuna uchun pul to‘lashyapti — va bu odat kitoblarga ham tarqalmoqda.
Biz o‘z elektron kitoblar platformamizni ishga tushirishga uringanimizda, bir qator muammolarga — investitsiyalar yo‘qligi, xavfsiz to‘lovdagi qiyinchiliklar va bozor tayyorligining pastligiga to‘qnash keldik. Hozir loyiha to‘xtatib qo‘yilgan.
Kontentga to‘lov madaniyati mustahkamlanishi uchun, odamlarga shinamlik va qulaylik taklif qilish zarur. Pulli ilovalarda bepul PDFlarda yo‘q funksiyalar bo‘lishi shart: tavsiyalar, navigatsiya, audioformat, qisqacha ta’riflar, parcha eshitib ko‘rish imkoniyati. Foydalanuvchi qulaylik va sifat uchun pul to‘layotganini his qilsa, unda kontent uchun haq to‘lashning ongli odati paydo bo‘ladi.
Lekin bizning tajribamiz va mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, internetda bepul PDF-nusxalarning mavjudligi sotuvlarga sezilarli ta’sir qilmaydi. Elektron kitoblar ko‘pincha tanishuv xususiyatiga ega bo‘ladi — to‘liq nusxalar har doim ham bepul bo‘lavermaydi.
Hatto ular mavjud bo‘lganda ham, bu asosan avvaliga o‘qish uchun haq to‘lashga odatlanmagan auditoriyadir.
Ko‘p yillardan beri o‘qiyotgan va kitobni yaxshi ko‘radigan odamlar, qog‘ozdagi nusxalarni ma’qul ko‘rishadi — ular uchun bu zavqlanish va shaxsiy madaniyatning bir qismidir. Ular uy kutubxonalarini yig‘ishadi, kitoblar almashishadi, ularni kitob klublariga olib borishadi. Elektron nusxalar qulay. Ammo haqiqiy kitobxonlar uchun qog‘oz kitobning o‘rnini bosa olmaydi.