Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Belgiyaga rasmiy tashrifi doirasida Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Uchrashuvda Vandewiele, Linde, Rhenus Logistics, Ahlers Logistics, Lasselsberger Group, Pietro Fiorentini, NextChem, Meridiam, SUEZ, FMO, European Investment Bank, Commerzbank, KfW, Textima, Chimcomplex, Metso hamda boshqa kompaniya va korporatsiyalarning rahbariyati ishtirok etdi.

Bryusseldagi Yevropa kengashi bosh qarorgohida O‘zbekiston-Yevropa sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yetakchilar huzurida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Ushbu bitimning imzolanishi O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi munosabatlarda yangi davrni boshlab berishi qayd etilgandi.

Avgust oyida Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa: umumiy taraqqiyot yo‘lida hamkorlik” mavzusidagi uchrashuv ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi haqida aytgandi.

Joriy yilning aprel oyida Samarqandda o‘tkazilgan sammit yakunida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida qo‘shma deklaratsiya qabul qilingandi. YI O‘zbekiston va Tojikiston bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlarni imzolashni, Qozog‘iston bilan esa ichki tartib-qoidalar yakunlangandan so‘ng viza rejimini soddalashtirish va readmissiya haqidagi ikkita kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlashni maqsad qilmoqda.