Kitobim endi meniki emas: O‘tkan kunlar tarjimasi muallif ruxsatisiz internetda tarqaldi

Spot amerikalik tarjimon Mark Riz, shuningdek, kitob bozori vakillari va intellektual mulk sohasidagi mutaxassislar bilan O‘zbekistonda mualliflik huquqini himoya qilishdagi muammolar haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda oltinni qanday qonuniy sotib olish mumkin? Qo‘llanma

Spot oltin quymalarni qayerdan va qanday sotib olish, oltin depozitini ochish yoki tokenlarga investitsiya kiritish bo‘yicha to‘liq ko‘rsatmalarni to‘pladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Centrum Air rahbari: monopoliya, reyslar kechikishi va kengayish rejalari haqida

Centrum Air bosh direktori Husayn Sherif Spot’ga aviakompaniyaning raqobatbardosh strategiyasi, yo‘nalishlarni kengaytirish rejalari hamda reyslar kechikishiga munosabati haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Banklardagi ipoteka kreditlari. 2025-yil oktabr oyi bo‘yicha

Mavjud 35 ta bankdan 16 tasida ipoteka krediti olish mumkin bo‘lib, o‘rtacha stavka 26%ni tashkil etadi.

hafta yakuni, yangiliklar


Humans sobiq top-menejeri O‘zbekistonda qimor o‘yinlarini tashkil etganlikda ayblanib ushlandi

Behzod Botirov iyul oyida qo‘lga olingan, qamoq muddati 2026-yilning fevraligacha uzaytirilgan. Ish ILMA so‘rovidan so‘ng qo‘zg‘atilgan.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,1 mln so‘mni tashkil etdi.
    Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 10,3 mln so‘m bilan Toshkentga, eng past ko‘rsatkich esa 4,27 mln so‘m bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri keldi.
  2. Markaziy bank 2030-yilgacha O‘zbekistonda kamida 10 ta islomiy bank paydo bo‘lishini kutmoqda.
    Shuningdek, hali aniqlanmagan uchta davlat bankida islom darchalari tashkil etiladi.
  3. O‘zbekiston va Yevropa 10 mlrd yevrodan ortiq yangi loyihalarni amalga oshiradi.
    Shuningdek, ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni mustahkamlash uchun viza tartibotlari soddalashtirilishi mumkin.
  4. Sentabrda O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi — ITIM
    Sotuvlarning eng yuqori o‘sishi Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kuzatildi.
  5. Coca-Cola AQShda shakar tanqisligi sababli ishlab chiqarishni cheklaydi.
    Qayd etilishicha, kompaniya xomashyo va ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligiga duch kelgan.
  6. To‘qqiz oyda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari $13,9 mlrdga yetdi.
    Natijada, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24% ga o‘sdi. Shunga qaramay, transfertlar hajmida ketma-ket ikkinchi oy pasayish kuzatildi.
  7. Sifatsiz mahsulotlarni ixtiyoriy qaytarib olgan tadbirkorlar jarimalardan ozod etiladi.
    Buning uchun ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi mahsulot partiyasining kamida 70% ini qaytarib olishi lozim.
  8. Telegram Stories’da jonli efir qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
    Hozirda funksiya iOS uchun messenjerning beta versiyasida sinov tarzida ishlamoqda.
  9. O‘zbekistonda bir oy ichida Damas va Onix ishlab chiqarish kamaydi.
    Sentabr oyida Cobalt ishlab chiqarish yillik rekordni yangilab, 2024-yilgi darajadan ortda qolishni qisqartirish imkonini berdi.
  10. Markaziy bank yil yakuni bilan inflyatsiya 8% gacha pasayishini kutmoqda.
    Regulyator asosiy stavkani yillik 14% darajasida saqlab qoldi.