Nvidia tarixda birinchi marta kapitalizatsiyasi $5 trlnga yetgan kompaniyaga aylandi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpin bilan Nvidia chiplarini Xitoyga eksport qilish masalasini muhokama qilish niyatida ekanini aytganidan so‘ng, chip ishlab chiqaruvchining aksiyalari 3,5% ga oshib, bitta aksiya uchun $208,05 ni tashkil etdi.
Kompaniya sun’iy intellekt bo‘yicha rivojlanish va video tezlatgichlarga bo‘lgan rekord darajadagi talab tufayli yangi cho‘qqilarni zabt etishni davom ettirmoqda.
Biroq, ko‘pchilik bu ko‘pikni sun’iy ravishda shishirilayotganini, ya’ni aylanma bitimlar orqali amalga oshirilayotganini ta’kidladi: Nvidia boshqa kompaniyalarga yuz milliardlab mablag‘ kiritsa, o‘sha kompaniyalar ham Nvidia’ga xuddi shuncha mablag‘ kiritadi.
Shu bilan birga, bundan hech qanday natija chiqmasligi ham mumkin: aksiyalar narxi faqatgina kompaniyalarning bir-biriga mablag‘ kiritishi hisobiga o‘sib bormoqda.
Nvidia kapitallashuvi yil boshidan buyon bir yarim baravarga o‘sdi va atigi uch oy oldin sun’iy intellekt texnologiyalarida ishlatiladigan kompaniya chiplariga global talabning yuqoriligi tufayli $4 trlndan oshdi.
Chorshanba kuni Nvidia kotirovkalarni qo‘llab-quvvatlab, kompaniya Blackwell’ning eng so‘nggi chiplarini va kelgusi yilga rejalashtirilgan Rubin’ni $500 mlrdga sotishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarni e’lon qildi.
28-oktabr kuni Apple aksiyalari qimmatlashdi, bu esa kompaniyaga tarixda birinchi marta $4 trlnlik bozor kapitalizatsiyasiga erishish imkonini berdi. Shunday qilib, Apple Microsoft va Nvidia’dan keyin bu ko‘rsatkichdan o‘tgan dunyodagi uchinchi kompaniya bo‘ldi.
Apple aksiyalarining o‘sishi sentyabr oyida taqdim etilgan yangi iPhone 17 liniyasining muvaffaqiyatli sotuvi fonida kuzatilmoqda.
So‘nggi ikki hafta ichida kompaniya qog‘ozlari 12 savdo kunidan 11 tasida o‘sdi va tahlilchilar Apple’ning IV moliyaviy chorak hisoboti ijobiy dinamikani tasdiqlaydi deb kutishmoqda.
                                                    
											
											
											
                            
											
											
											
											