Oktabr oyida eng yirik milliy marketpleys Uzum Market’ning ish boshlaganiga uch yil bo‘ldi — bu vaqt ichida marketpleys jamoasi nafaqat mintaqadagi eng yirik logistika markazini ishga tushirib, 17 mingdan ortiq tadbirkorlarga o‘z bizneslarini rivojlantirishda yordam berdi, balki millionlab odamlarning odatlarini butunlay o‘zgartirdi. “O‘zbekistonliklar uch yil oldin ko‘proq nimaga onlayn buyurtma bergan va hozir nimani tanlamoqda?” — shu va boshqa savollarga javoblar, shuningdek, foydali xaridlar sirlari — Uzum Market jamoasining tadqiqotida.

Marketpleys tahlilchilari poytaxt, yirik shaharlar va kichik shaharchalar aholisining afzalliklari va odatlarini aniqlash uchun muntazam ravishda minglab respondentlar ishtirokida keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkazadilar. Agar bir yil oldin o‘zbekistonliklar marketpleysdan ko‘pincha maishiy texnika, smartfonlar va kosmetika mahsulotlarini xarid qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ommabop toifalar ro‘yxati oziq-ovqat mahsulotlari, kattalar va bolalar uchun kiyim-kechak va poyabzal, maishiy kimyo va uy-ro‘zg‘or buyumlari toifalari bilan to‘ldirildi. Shu bilan birga, respondentlarning 50% dan ortig‘i xarid qilishdan oldin onlayn va oflayn platformalardagi narxlarni taqqoslaydi, Uzum Market’dagi mahsulotlarning sharhlari va xususiyatlarini o‘rganadi.

Bugungi kunda xaridorlar Uzum Market’dan buyurtmalarning 90% dan ortig‘ini aynan mahsulotni tekshirish va kiyim yoki poyabzalni kiyib ko‘rish mumkin bo‘lgan topshirish punktlarida olishadi — mamlakatda jami 400 dan ortiq aholi punktlarida 1200 dan ortiq topshirish punktlari faoliyat yuritadi.

Atigi uch yil ichida Uzum Market 50 milliondan ortiq buyurtmalarni yetkazib berdi, ularning 2/3 qismi bozorlar va oflayn do‘konlarda mavjud tovarlar assortimenti poytaxtga qaraganda kamroq bo‘lgan mamlakat hududlariga to‘g‘ri keldi.

Onlayn platformalarning faol o‘sishi bilan birga O‘zbekistonga sotuv madaniyati ham kirib keldi — o‘zbekistonliklar ko‘pincha yirik xaridlarni Uzum Market’da muntazam ravishda o‘tkaziladigan 11.11, Yangi yil yoki boshqa savdolar mavsumiga kechiktirmoqdalar. Hozirda Uzum Market’da 11.11 sanasiga bag‘ishlangan erta savdo boshlandi — o‘zbekistonliklar uchun qulay chegirmalar va aksiyalar mavjud. Buyurtmani Uzum Market’ning mobil ilovasi yoki saytida rasmiylashtirish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.