YouTube kompensatsiya evaziga ixtiyoriy ishdan bo‘shatish dasturini ishga tushirdi. Bu haqda vc.ru nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunday dastur YouTube’ning bosh kompaniyasi — Google’da 2025-yil boshidan beri amal qilmoqda.

Aprel oyida tashabbus doirasida kompaniya Android va Pixel bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmadagi “yuzlab xodimlarni” ishdan bo‘shatdi.

Business Insider’ning yozishicha, endi bu dastur YouTube’ga ham kengaytiriladi: ishdan bo‘shatish nafaqalarining miqdori aniq ko‘rsatilmagan.

Ammo “yangi imkoniyatlarni izlashni xohlovchilar” uchun ixtiyoriy ravishda ishdan ketish evaziga kompensatsiya taklif etilmoqda.

Kompaniyaning o‘zi esa ichki qayta tashkil etishni amalga oshiradi va uchta jamoaga bo‘linadi. Birinchisi obuna uchun mahsulotlar uchun, ikkinchisi tomoshabinlar uchun mahsulotlar uchun, uchinchisi mualliflar uchun mahsulotlar uchun javob beradi. Qayta tashkil etish doirasida hech kimni ishdan bo‘shatishmoqchi emas.

YouTube xizmati rahbari Nil Mohan tushuntirishicha, bu o‘zgarishlar YouTube’ni “sun'iy intellektga yo‘naltirilgan kelajak"ka tayyorlash uchun qilinmoqda.


Avvalroq Spot YouTube layk uchun yangi animatsiyalarni qo‘shgani haqida yozgandi. Qayd etilishicha, tugma endi foydalanuvchiga yoqqan kontent turiga moslashadi.