Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
Unda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yana-da mustahkamlash istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb Qo‘shma bayonotni imzoladi.




Shuningdek, yetakchilar huzurida turli yo‘nalishlarda ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bular:
- savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;
- foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik;
- geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik;
- raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;
- maktabgacha va maktab ta‘limi tizimiga raqamli ta‘lim platformasini joriy etish bo‘yicha hamkorlik;
- ta‘lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik;
- raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-ta‘lim salohiyatini oshirish;
- iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi hamkorlik.




