Tandir biznesi: qiyinchiliklar, daromad va mavsumiylik

Bolaligidan loy va olov orasida ulg‘aygan Baxtiyor Toshmuhammedov tandir yasashni hunardan biznesga aylantirib, mahsulotini O‘zbekiston va xorij bozorlariga yetkazmoqda. Usta tandir yasash jarayoni, yosh tadbirkorlarga maslahatlar va xarajatlar bilan bo‘lishdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Spot noyabr oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, yangiliklar


To‘qqiz oyda O‘zbekiston banklari qancha foyda oldi va qaysilari eng daromadli bo‘ldi?

To‘rtta bank sof foydasini 1 trln so‘mdan oshirdi, yetakchilikni O‘zmilliybank saqlab qolmoqda. Apex bank va Yangi bank esa bu davrni zarar bilan yakunladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Oqtepa Lavash qanday qilib O‘zbekistondagi eng yetakchi restoran tarmog‘iga aylanmoqchi?

15 yil avval oddiy lavash kafesi sifatida boshlangan Oqtepa Lavash bugun mamlakatning 13 ta shahrida 99 ta filial va o‘z ishlab chiqarish tizimiga ega yirik restoran tarmog‘iga aylandi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda oktabr oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgardi va ekspertlar hamda Markaziy bank nima deydi?

O‘zbek so‘mi ketma-ket oltinchi oy dollarga nisbatan mustahkamlanishda davom etmoqda: oktabr oyida 77 so‘mga, yil boshidan buyon esa 930 so‘mga qimmatlashdi. Dollar kursi 2023-yil 10-avgustdan beri eng past darajaga tushdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Moped va skuterlar uchun alohida haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi
    1-fevraldan ayrim toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktabda o‘qish majburiyati bekor qilinadi.
  2. 1-apreldan kamera va radarlar jarima ballari yozishni boshlaydi
    Hozirda jarima ballari faqat YHXX xodimi tomonidan haydovchiga rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida belgilanmoqda.
  3. Poytaxt hokimligi issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflarni tasdiqladi
    Aholi uchun tarif 15% ga oshirilib 1 Gkal issiqlik energiyasi QQSsiz 139 860 so‘m etib belgilandi.
  4. “O‘zbekiston tashqi qarzi barqaror darajada” — Markaziy bank raisi
    Timur Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, tashqi qarz miqdor jihatidan oshayotgan bo‘lsa-da, uning YIMdagi ulushi kamaymoqda. So‘nggi besh yilda bu 32% dan 29% gacha pasaygan va qarz barqarorligi bo‘yicha xatarlar yo‘q.
  5. Kuz-qish mavsumida elektr va gaz tariflari oshirilmaydi — energetika vaziri
    Energiya narxlari kelasi yilning may oyida inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilinadi.
  6. Yangi Toshkent aeroporti qurilishi uchun aholi uylari buziladi
    O‘rta Chirchiq tumani hokimi Xalqobod mahallasi aholisi va fermerlar bilan uchrashib, binolar uchun kompensatsiya mablag‘larini berish tartibini muhokama qildi.
  7. O‘zbekistonda barcha fuqarolar homiladorlik, tug‘ish va kasallik nafaqalari bilan qamrab olinadi
    2026-yildan boshlab Ijtimoiy himoya jamg‘armasi bosqichma-bosqich barcha rasmiy band bo‘lgan fuqarolarga nafaqa to‘lashni boshlaydi.
  8. Click haligacha Halyk Bank bilan bitim bo‘yicha O‘zbekistondagi regulyatorlar roziligini olmagan
    Markaziy bank hali ruxsat bergani yo‘q, chunki Raqobat qo‘mitasining roziligini kutmoqda. Qozog‘iston regulyatori bitimni ma’qullagandi.
  9. Raqobat qo‘mitasi Golden House‘ga isteʼmolchilar huquqlarini buzgani uchun ogohlantirish berdi
    Xaridor o‘zi quruvchi bilan shartnomani bekor qilsa, unga 10% jarima qo‘llanishi, agar norozilik bildirib, OAV yoki tegishli idoralarga murojaat qilsa, yana 10% jarima qo‘llashi belgilangan.
  10. Besh oyda 114 mingdan ziyod haydovchi jarima bali oldi — YHXX
    Tizim natijasida YTHlar hajmi 6,3% ga, haydovchilar aybi bilan sodir etilgan avtohalokatlar esa 31,2% ga kamaygan.