Ford 80 mingga yaqin avtomobilni qaytarib olishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Reuters.

Gap nosozlik nafaqat harakatlanish uchun, balki texnik ko‘rikdan o‘tish uchun ham jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan buzilish haqida ketmoqda.

Qayd etilishicha, 79 ming 781 ta avtomobil eshik va yoritish panellaridagi nosozliklar sababli qaytarib olinadi.

Ford Motor kompaniyasi old eshiklar yaqinidagi ichki panellarning uzilishi va orqa chiroqlarning ishdan chiqishida xavflarni ko‘rmoqda. Bu haqda AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasi ma’lum qildi.

Qaytarish kampaniyasi eshik panelidagi nosozlik tufayli 14 843 ta F-150 Lightning BEV pikaplari (yorug‘lik paneli bilan bog‘liq muammolar) va 64 938 ta Ford Flex avtomobillariga ta’sir qiladi.

Shuningdek, Ford va Lincoln avtomobillarini ta’mirlash uchun ishlatilgan 10R80 avtomatik uzatmalar qutisining 35 mingga yaqin qismi qaytarib olinadi.

Birgina 2025-yil 30-oktabrda ishlab chiqaruvchi old oynada havo pufaklari paydo bo‘lgani va o‘rindiq karkaslarining yaxshi mahkamlanmagani kabi muammolar sababli 227 mingdan ortiq avtomobilni qaytarib oldi.

Bundan bir kun oldin esa, lyukning shamoldan himoya qiluvchi deflektorlari qoniqarsiz holatda bo‘lgani uchun 175 minga avtomobil qaytarib olingan edi.

Snetabr oyida esa kompaniya 2022-yilda ishlab chiqarilgan 16,5 mingdan ortiq mashhur F-150 pikaplarini chaqirib olishini e’lon qildi.


Avvalroq Spot BMW AQSh va Germaniyada 330 mingdan ortiq avtomobillarini qaytarib olishi haqqida yozgandi.

Qayd etilishicha, qaytarib olishga starter tizimidagi nuqson sabab bo‘lib, ushbu nosozlik mashinaning yonib ketishiga olib kelishi mumkin.