Urganch va Nukus o‘rtasidagi poyezd uchun chipta narxi oshiriladi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Nukus-Urganch-Nukus yo‘nalishida qatnovchi shaharlararo poyezdlari uchun 22-noyabrdan yangi narxlar amal qiladi.
Quyida yangi chipta narxlari keltirilgan:
- kattalar uchun — 40 ming so‘m (amalda — 20 ming so‘m);
- bolalar uchun — 21,5 ming so‘m (11 500 so‘m).
“Yangi tariflar xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida joriy etilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Urganch-Nukus yo‘nalishida poyezd qatnovi 27-sentabrdan yo‘lga qo‘yilgandi. Harakat jadvali quyidagicha:
6354-sonli Nukus — Urganch poyezdi:
- Nukus 05:30 — Urganch 08:50;
6353-sonli Urganch — Nukus poyezdi:
- Urganch 15:30 — Nukus 18:50.
Spot, avvalroq, Qo‘ng‘irot-Nukus o‘rtasida har kuni qatnovchi poyezd yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgandi.
