Formula 1 dagi o‘zbek marshal ayoli: trassadagi hayot, tezlik va O‘zbekistondagi poygalar haqida
Spot Formula 1 poygalarida marshal sifatida faoliyat yuritayotgan Dilfuza Matkarimova bilan musobaqalarning ichki jarayonlari, marshalning asosiy vazifalari, treklarda yuz beradigan favqulodda holatlar hamda O‘zbekistonda avtosport rivoji haqida suhbatlashdi.
Bepul, faqat musulmonlar uchun va bir xil foizlarda: islomiy banking haqida 5 ta mif
Mutaxassis Xondamir Nusratxo‘jayev islomiy moliya haqidagi eng keng tarqalgan miflarni bir joyga jamlab, ularning nima uchun haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini izohlab berdi.
Kelgusi o‘n yilda O‘zbekiston AQSh iqtisodiyotiga $100 mlrddan ortiq investitsiya kiritadi — Tramp
O‘zbekiston keyingi uch yilda Amerikaning aviatsiya, avtomobilsozlik, energetika, IT va boshqa strategik tarmoqlariga qariyb $35 mlrd yo‘naltiradi.
Babl-ti trendi: bunday biznesni qancha mablag‘ bilan boshlash mumkin?
So‘nggi yillarda Toshkent ko‘chalarida babl-ti nuqtalari soni keskin ortmoqda — bu ichimlik yoshlar orasida haqiqiy trendga aylangan. Spot poytaxtda babl-ti madaniyati qanday paydo bo‘lgani, nega ba’zi nuqtalar yopilgani va trendning kelajakda qanday rivojlanishi mumkinligini aniqlash maqsadida bir nechta nuqta egalari bilan suhbatlashdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Shaxsga doir ma‘lumotlar bilan ishlashda kiberxavfsizlik talablari joriy etiladi.
Onlayn mikroqarz ajratishda firibgarlar ta‘sirini cheklovchi himoya tizimlari yaratiladi. Kriptoaktivlarni noqonuniy egallash tahdidining oldini olish uchun ilmiy tadqiqotlar yo‘lga qo‘yiladi. - O‘zbekistonda 2026-yilda 2,6 ming turdagi retseptli dorilar narxi 50% gacha arzonlashtiriladi.
Shifoxonalarda sifatsiz mahsulotlar savdosining oldini olish uchun endilikda barcha davlat xaridlari farma.xarid.uz tizim orqali amalga oshiriladi. - 2026-yildan chiqindi to‘lovlari faqat onlayn qabul qilinadi.
Jismoniy va yurdik shaxslar qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun to‘lovlarni billing va elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. - Yangi aeroport uchun ajratilgan hudud xatlovdan o‘tkazilib, aholi ko‘chiriladi.
Kadastr agentligi hududdagi mulk qiymati asossiz oshib ketmasligi uchun yangi loyihalar va qurilish ishlari cheklanishini ma’lum qildi. - O‘zbekistonda qariyb 150 ming kishi o‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqladi.
Gender jihatidan erkaklar ikki barobardan ko‘proq ustunlik qiladi. Kredit olishni taqiqlash usulini ko‘pincha 35 yoshgacha bo‘lganlar qo‘llaydilar. - O‘zbekistonda 2026-yildan yangi ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etiladi.
2026-yildan fuqarolarga homiladorlik, tug‘ish va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari proaktiv tarzda tayinlanadi. - O‘zbekiston Kanada va Panama bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi.
Tashkilotga a’zo bo‘lish uchun O‘zbekiston yana uchta davlat bilan kelishib olishi kerak, ularning ro‘yxati ochiqlanmagan. - Komil Allamjonov AQShga o‘zbekistonliklar uchun 10 yillik viza joriy etishni taklif qildi.
2026-yildan O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etadi. Bunga javoban o‘zbekistonliklar uchun ham viza talablari soddalashtirilishi kutilgandi. - AQSh Senatida Markaziy Osiyo davlatlari uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qilish taklif etildi.
AQSh Rossiya va Xitoy oralig‘ida joylashgan mintaqa mamlakatlariga yangi hamkorlik imkoniyatini taklif etishni rejalashtirmoqda. - O‘zbekiston Apple Pay va Google Pay’ni ishga tushirish uchun qonunchilikni yangilamoqda.
Prezident AQSh kompaniyalari bilan raqamli platformalarni tartibga solish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha qonunchilik yangilanayotganini ma’lum qildi.




