Raqobat qo‘mitasi oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat xaridlarida sifatsiz mahsulotlar soni ortayotganini qayd etdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Nazorat xaridlari natijalariga ko‘ra, 2023-yilda 397 ta nazorat xarididan 24 tasi, 2024-yilda 560 ta xariddan 95 tasi, joriy yilda esa 618 ta xariddan 123 tasi sifatsiz deb topilgan.

Qo‘mitaga hozirga qadar 2345 dan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 14%i — biologik faol qo‘shimchalar va oziq-ovqat qo‘shimchalariga taalluqli.

Murojaatlarning aksariyati fuqarolarning televideniye, radio va ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarga ishonib BAQ xarid qilgani bilan bog‘liq.

Qo‘mita eslatishicha, biologik faol qo‘shimchalar dori vositasi hisoblanmaydi va kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallanmagan. Ular faqat organizm faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yoki ayrim kasalliklarning oldini olish uchun qo‘llaniladi.

Isteʼmolchilarga har qanday qo‘shimchani isteʼmol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerakligi aytildi.

Shuningdek, “Barcha kasalliklarni 1 oyda davolaydi” kabi reklamalarga ishonmaslik va faqat SSV tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etildi.

Avgust oyida Zodac va Edem BADlarining 3 mingga yaqin kontrafakt nusxalari aniqlangandi.


Avvalroq Spot Raqobat qo‘mitasi Forsil reklamasi uchun Nika Pharmni jarimaga tortgandi.