O‘zbekiston jami $8,5 mlrdga 22 ta keng korpusli Boeing 787 Dreamliner samolyotini sotib oladi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti xabar berdi.
Biroq, shartnomaga faqat samolyotlarni yetkazib berish yoki ularni texnik xizmat ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlar va uskunalar ham kiritilganligi aniqlanmagan.
Har bir havo kemasining o‘rtacha narxi $386,3 mlndan oshadi. Shu bilan birga, Boeing 787−9 Dreamliner laynerining asosiy narxi bir donasi uchun $292,5 mlndan $300 mlngacha.
Sentabr oyida Uzbekistan Airways Amerika Boeing korporatsiyasi bilan Boeing 787−9 Dreamliner havo kemalari yetkazib berish bo‘yicha “milliy tashuvchi tarixidagi eng yirik” shartnomani imzoladi.
Shartnomaga ko‘ra, 14 ta Boeing 787−9 Dreamliner samolyoti va ushbu turdagi 8 ta havo kemasini opsion sifatida yetkazib berish ko‘zda tutilgan, ularning birinchisi 2031-yilda kelishi kutilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp 22 ta Boeing 787−9 Dreamliner samolyotini yetkazib berishning umumiy qiymati $8 mlrddan oshishini maʼlum qildi. Ammo na O‘zbekiston havo yo‘llari, na Boeing shartnoma qiymatini oshkor qildi.
Spot 22 ta Boeing 787 Dreamliner samolyotlari qiymati Tramp aytganidan past bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi.
Uzbekistan Airways matbuot xizmati AQSh Davlat departamenti tomonidan aytilgan shartnoma summasi va uning tafsilotlari haqida Spot‘ga izoh bermadi.

6-noyabr kuni Vashingtonda Uzbekistan Airways va Boeing sakkizta Boeing 787−9 Dreamliner samolyotiga opsionlarni qatʼiy buyurtmaga aylantirish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.
O‘sha kuni Shavkat Mirziyoyev va AQSh savdo vaziri Govard Latnik ishtirokida Uzbekistan Airways va Boeing o‘rtasida samolyotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda yiliga 24 mln yo‘lovchini havo transportida tashish rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.
