Xorazm viloyatida 2,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan qurilish obyekti aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Hazorasp tumanida M. E. xususiy korxonasiga qarashli qurilish obyektining elektr qurilmalari hisoblagichsiz tarmoqqa ulanib, elektrdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Qayd etilishicha, ushbu qoidabuzarlik natijasida 2,91 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Buxoroda elektr bo‘yicha 1,8 mlrd so‘m asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilingani haqida xabar berilgandi.

Raqobat qo‘mitasi Energiyasavdo’ga qarzdorlikni qayta hisoblash va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Avvalroq Spot oktabr oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 99 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, iste’molchilar tomonidan 22,3 mln kVt soat elektr energiyasi va 11,4 mln metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.