Qirg‘izistondagi maktablarda mamlakatda elektr energiyasi yetishmovchiligi sababli energiya tejamkorligi choralari joriy etildi. Bu haqda Ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasining qaroriga muvofiq, “Ta'lim tashkilotlarida elektr energiyasi taqchilligini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilingan.
“O‘quv jarayoni tugagandan so‘ng (barcha darslar tugagandan so‘ng) 60 daqiqadan kechiktirmasdan, sinf xonalarini tozalash vaqtini hisobga olgan holda elektr ta’minoti o‘chirilishi kerak,” — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu cheklov binoning ishlashi va saqlanishini ta’minlaydigan muhandislik tizimlari va uskunalariga taalluqli emas.
Shuningdek, ushbu talablar ta’lim oluvchilarning yashashi ta’minlanadigan obyektlar va muassasalarga, shu jumladan, yotoqxonalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Energetika mutaxassislarining xabar berishicha, Qirg‘izistonda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi taqchilligi kuzatilmoqda. Bunga mamlakatdagi eng yirik To‘xtagul gidroelektrostansiyasini ta’minlovchi suv omboridagi suv sathining pastligi ham sabab bo‘lmoqda.
Mamlakat Energetika vazirligi mazkur taqchillikni bir qator qo‘shni davlatlardan, jumladan Rossiyadan elektr energiyasi import qilish orqali bartaraf etishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Gretsiyada tug‘ilishning pastligi sababli maktablar yopilayotgani haqida xabar berilgandi.
Mamlakat ta’lim vazirligi joriy o‘quv yilida holat sababli 721 ta maktab ishlamasligini ma’lum qildi.
