Samsung ikkiga buklanadigan uch ekranli smartfonni taqdim etishni va sotuvlarni 2025-yil 5-dekabrda boshlashni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Yonhap.

Nashr manbalarining aytishicha, kompaniya qurilmani dastlab Xitoy, Singapur va BAA bozorlariga chiqarmoqchi. Narx taxminan $2000 dan $2700 gacha atrofida bo‘lishi mumkinligini manba qo‘shimcha qildi.

The Chosun Daily gazetasi xabar qilishicha, qurilmaning dastlabki nomi Galaxy Z TriFold bo‘lgan. Nashrning ta’kidlashicha, akkumulyator quvvati taxminan 5600 mA·soatni tashkil etadi.

Yoyilgan holatdagi qalinligi 4,2 mm, buklangan holatda esa 14 mm bo‘ladi. Ekran diagonali 6,5 dyuym, to‘liq yoyilgan holatda esa 10 dyuymga yetadi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki yetkazib berish hajmi 20 mingdan 30 minggacha qurilmani tashkil etadi, narxi esa taxminan 4,4 mln von (deyarli $3000) atrofida bo‘ladi. Nashr boshqa tafsilotlarni keltirmagan.

Ta’kidlanishicha, Samsungning yangi smartfoni Xitoyning Huawei kompaniyasi qurilmasi bilan raqobatlashadi. Huawei 2024-yil sentyabr oyida uch ekranli Mate XT smartfonini namoyish etgan va bir yildan so‘ng uning yangilangan versiyasini taqdim etgan.

Avvalroq Samsung yangi smartfonlari taqdimotini kechiktirgani haqida xabar berilgandi.

Yangi smartfonlarini yanvar yoki fevralda taqdim etadigan kompaniya, 2026-yilda noma’lum sabablarga ko‘ra Galaxy S26 seriyasi taqdimotini mart oyiga ko‘chirdi.