Tadbirkor uchun avtomobil sotish — bu muntazam va sifatli mijozlar oqimini talab qiladigan jarayon. Avtomobil ishqibozi uchun esa yangi mashina xarid qilish — bozordagi brendlar, modellarning afzalliklari va dilerlar takliflarini puxta solishtirishdan iborat.
Avtoelon.uz har oyda 2 mln sotuvchi va xaridorning o‘zaro aloqaga kirishishiga ko‘maklashadi. Qidiruvni osonlashtirish va aynan avtosalonlardan yangi avtomobillarni xarid qilishda yordam berish maqsadida, kompaniya yangi “Rasmiy dilerlar” bo‘limini ishlab chiqdi va ishga tushirdi. Yangi bo‘limning ahamiyati shundaki, dilerlarga ko‘plab manfaatdor mijozlarga yo‘l ochib beradi. Shu bilan birga, Avtoelon odamlarga o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish va avtosalondan qulay shartlarga ega yangi mashina sotib olish imkoniyatini taqdim etadi.
“Rasmiy dilerlar” bo‘limida qanday imkoniyatlar paydo bo‘ldi?
Bo‘lim O‘zbekistondagi rasmiy dilerlardan yangi avtomobillar haqidagi barcha dolzarb ma’lumotlarni bir joyga jamlaydi.
Odatiy voqea: “men Samandarman, yangi BYD avtomobilini orzu qilaman, lekin uni qayerdan va qanday sotib olishni bilmayman. Amakim Avtoelon.uz saytidan onlayn qidirishni maslahat berdi. Birinchi e’tibor bergan narsam — bosh sahifada yangi „Rasmiy dilerlar“ bo‘limi paydo bo‘lgani bo‘ldi. Uni tanlaganimda, filtrli qidiruv va qulay dizayndagi e’lonlar lentasi ochildi. Avtomobil haqidagi barcha ma’lumotlar, jumladan kredit miqdori ham darhol ko‘zga tashlanadi. Rasmlar kattaroq bo‘lib, ularni galereyada osongina varaqlash mumkin. Hammasi bitta lentada: yangi avtomobillar, kredit shartlari bo‘yicha turli takliflar. Divanda bemalol o‘tirib, choy ichgancha narxlarni solishtirib, o‘zingizga mos variantni tanlash mumkin”.
Yangi avtomobilning e’lon kartochkasi qanday ko‘rinishga ega:
- Yonilg‘i turi, privod, mavjud ranglar va uzatmalar qutisi bilan xususiyatlar.
- Jihozlanish darajalari haqida ma’lumot.
- Aynan shu modelni sotadigan barcha avtosalonlar (O‘zbekistonning turli shaharlaridan).
- Kredit kalkulyatori.
Kredit kalkulyatori — bu yangi imkoniyat, shu jumladan avtodilerlar uchun ham. Kalkulyator ariza topshirish shakli bilan birlashtirilgan. Arizalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri menejerga yetib boradi.
Bu nima uchun samarali?
“Rasmiy dilerlar” bo‘limiga odamlar yangi avtomobil sotib olish maqsadida tashrif buyurishadi. Bu maqsadli trafik bo‘lib, tegishli arizalarni keltiradi. Avtodilerlarning fikr-mulohazalariga ko‘ra, buyurtmalar sifati sezilarli darajada yaxshilandi. Shuningdek, Avtoelon avtodilerlarga o‘z platformalari va marketing vositalari orqali imidjini rivojlantirishda ko‘maklashadi.
Avtoelon.uz “Rasmiy dilerlar” bo‘limini yanada takomillashtirish bo‘yicha ulkan rejalarga ega.
Birinchidan, alohida dilerlik markazlarining shaxsiylashtirilgan kredit shartlari. Bu potensial xaridorlarga yangi avtomobilni tezroq va samaraliroq topishga yordam beradi.
Ikkinchidan, Avtoelon.uz ilovasida sun’iy intellektga asoslangan tavsiya tizimi va yangi avtomobillar uchun video sharhlar faol ishlab chiqilmoqda.
Reklama huquqlari asosida.


