Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida sobiq o‘qituvchilarga 373,8 mln so‘m pul mablag‘lari to‘lab berildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uzun tuman adliya bo‘limi o‘tkazgan monitoring davomida maktablarda ishlagan 66 nafar sobiq chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbariga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmagani aniqlangan. Bu orqali Mehnat kodeksi ning tegishli moddalari buzilgani qayd etildi.

O‘rganishlarda o‘qituvchilarga jami 373,89 mln so‘m pul to‘lab berilmagani aniqlandi.

Vazirlik hududiy bo‘limi tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limiga taqdimnoma ta‘sir chorasini qo‘lladi. Natijada maktablardagi 66 nafar sobiq CHQBT rahbariga jami ishdan bo‘shatish nafaqasi pullari to‘lab berildi.

Shuningdek, Namangan viloyatining Chortoq tumanida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Qo‘chqorovga 2022−2023-o‘quv yili va 2025-yildan beri asossiz to‘lanmay kelgan 20% lik ustama pullari qayta hisoblab berildi. Natijada unga jami 17,6 mln so‘m miqdorida ish haqi undirildi.


Avvalroq o‘qituvchilarga ipoteka kreditining boshlang‘ich to‘lovi qoplab berilishi haqida xabar berilgandi.