Moliya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Click kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Rustam Fayziyev ishtirok etib, ma’ruza qiladi. Ma’ruzada O‘zbekiston fintech ekotizimining shakllanishi, raqamli to‘lov xizmatlarining rivojlanishi, Click innovatsion mahsulotlari va ularning iqtisodiy faollikni oshirishdagi roli haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Mahorat darsi davomida spiker jahon fintech bozorini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, barqaror va xavfsiz raqamli infratuzilma masalalarini yoritib berdi. Shu bilan bir qatorda moliyaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir ishtirokchilari dolzarb savollarga batafsil javoblar olishdi, raqamli moliya sohasidagi innovatsiyalar, yangi biznes modellari hamda fintech sanoatining kelajagini shakllantiruvchi istiqbolli loyihalarni muhokama qilishdi.
Click raqamli iqtisodiyot mutaxassislarining yangi avlodini shakllantirishga hissa qo‘shgan holda moliyaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Ilova: Click SuperApp.
Reklama huquqlari asosida.
