Avvalroq prezident raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta‘minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.
Har bir viloyatda kamida 5 tadan Tomorqa maktablarni tashkil qilib, ijaraga yer olgan odamlarni serdaromad ekin ekishga o‘rgatish topshirildi.
Dehqonlar ijaraga olgan yerida yetishtirgan mahsulotni kafolatli sotishi uchun “Eksportchi kooperativlari” tashkil qilinadi.
Kelgusi yilda meva-sabzavot va oziq-ovqatni eksport qilish bo‘yicha $4 mlrdlik marra belgilangan. Bu borada meva-sabzavotga ixtisoslashgan 1 mingta mahallada ishga solinmagan katta zaxira borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, “Qo‘shrabot agrostar” kompaniyasi mas‘ul bo‘lgan Samarqand va Navoiydagi 84 ta mahalla mayiz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. $5 mln investitsiya kiritilib, Qo‘shrabot tumanida mayizni saralash, saqlash, qadoqlashga ixtisoslashgan zamonaviy agrokompleks tashkil etilmoqda.
Qolgan 15 ta “Agrostar” kompaniyasi ham shunday ishlasa, 1 mingta ixtisoslashgan mahallaning o‘zidan $500 mln eksport, qo‘shimcha 100 ming odamni daromadli qilish mumkin.
Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari hokimlariga banklar bilan hamkorlikda o‘z hududida “Agrostar” kompaniyalarini tashkil qilish topshirildi.
Spot, avvalorq, 2026-yili hududlardagi korxonalarda $52 mlrdlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi haqida yozgandi.
