Dhaef Global Recruitment xususiy bandlik agentligi tokar mutaxassislarini Slovakiyaning ZF Slovakia korxonasiga ishga taklif qilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Ish kunlik 8 soatlik rejimda tashkil etilgan.
Nomzodlarga 1000−1200 yevro miqdorida oylik maosh taklif qilinadi. Ish beruvchi tomonidan yotoqxona va tushlik bilan ta‘minlanadi.
Ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablardan biri — erkaklar 22−48 yosh oralig‘ida bo‘lishi lozim.
Shuningdek, ular o‘rta maxsus ma‘lumotga ega, tokarlik yo‘nalishida amaliy tajribasi bor bo‘lishi va rus tilini B1 darajasida bilishi lozim.
Dhaef Global Recruitment nomzodlarga maslahat berish, hujjatlarni rasmiylashtirish va safarni tashkil etishni bepul amalga oshiradi. Har bir ariza beruvchi Migratsiya agentligining “Xorijda ish” platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Arizalarni Migratsiya agentligining platformasi orqali jo‘natish mumkin. Havola bu yerda. Qo‘shimcha ma‘lumotlarni 77−275−05−50, 77−270−05−50 telefon raqamlari orqali olish mumkin.
Agentlik mehnat shartnomasida ish beruvchi sifatida ishtirok etmaydi, shartnoma to‘g‘ridan-to‘g‘ri ZF Slovakia bilan tuziladi. Ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniqligiga xususiy bandlik agentligi ma’muriyati shaxsan javobgardir.
Spot, avvalroq, o‘zbekistonlik elektriklar Koreyaga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgandi.
